Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ertaga Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan «Inter cup–2018» musobaqasi o‘tkazildi

Ertaga Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan «Inter cup–2018» musobaqasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun 31 may kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda «Inter sport project» sport kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida «1 iyun – Xalqaro bolalar kuni»ga bag‘ishlangan 2011-2012 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida «Inter cup–2018» musobaqasi tashkil qilindi.

Musobaqada "Inter sport", "Paxtakor", "Odil Junior", "Spartak", "JFL" kabi bolalar jamoalari ishtirok etib, maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Professional ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov va musobaqaning faxriy mehmoni O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi a’zosi Odil Ahmedov ishtrokchilarga homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar.

Taqdirlash marosimidan so‘ng «Anor» bolalar ashula va raqs ansambli a’zolari o‘zlarining chiqishlari bilan yosh futbolchilar hamda tomoshabinlarning kayfiyatlarini xushnud etishdi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh futbolchilarga katta futbolga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlariga hamda bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:27, 31.05.2018.
O'qildi: 3297 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.