Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Umid Ahmadjonov Qoraqalpog‘istondagi sport festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi

Umid Ahmadjonov Qoraqalpog‘istondagi sport festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, Qoraqalpoq zamini o‘zbek sportiga bir necha iste’dodlarni, sportimizning yulduzlarini yetishtirib bergan. Futbolchilar Berdax Allaniyazov, Quvvat To‘rayev, Ne’metilla Quttiboyev, muaytaychi Erkinboy Quttiboyev, karatechi Rustam Kazakov, og‘ir atletikachi Rustam Jangabayev, qilichboz Zaynab Dayibekovalar shular jumlasidandir.

Bugun ana shunday sport yulduzlarini tarbiyalagan Qoraqalpog‘istondagi «Turon» stadionida katta sport festivalining asosiy tadbirlari boshlandi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

«Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tarixda ilk marotaba maktabgacha ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ish boshlamoqda. Avvallari bunaqasi kuzatilmagan. Mana, bugun bir qator tadbirlarda ishtirok etib, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga Prezidentimiz sovg‘alarini topshirdik. Asosiy maqsadimiz, ularda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish. Umid qilamizki, kelajakda ulardan kuchli sportchilar yetishib chiqadi. Kim biladi, balki bugun biz bo‘lajak futbol yulduzlari bilan bir safda turgandirmiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Tadbirning ochilish marosimida MOQ rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi raisi Musa Yerniyazovga esdalik sovg‘asini topshirdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:40, 01.06.2018.
O'qildi: 2290 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик