O‘zbekiston Superligasining 19-turida "Qizilqum" o‘z maydonida "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv taqdirini birinchi bo‘lim oxirida urilgan yagona gol hal qildi. 43-daqiqada Nodirxon Ne’matxonov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, navoiyliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda "Nasaf" murabbiylar shtabi o‘yinni o‘zgartirish maqsadida bir qator almashtirishlarni amalga oshirdi. Jumladan, Abbos G‘ulomov, Dilshod Murtazoyev, Adenis Shala, Yashnar Berdirahmonov va Sardorbek Bahromov maydonga tushirildi. Biroq qarshiliklar hisobni tenglashtira olmadi.
"Qizilqum" esa minimal ustunligini uchrashuv yakuniga qadar saqlab qolib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Superligasi. 19-tur
26.08.2026 | Navoiy
«QIZILQUM» — «NASAF» — 1:0
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Temur Abdullayev
Komissar: Sanjar Zaripov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Islom Azimov
Gol: Nodirxon Ne’matxonov 43 (1:0).
«Qizilqum»: Farhod Rahmatov, Nodirxon Ne’matxonov, G‘iyosjon Rizaqulov, Nikola Kumburovich, Ruslan Roziyev (Grigol Chabradze, 76), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Shahzod Rahmatullayev, Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (Islom Kenjaboyev, 76), Diyor Rahmatilloyev (Elbek Otaqulov, 90+1), Shahzod Turopov (Roman Papariga, 65), Jambuli Jigauri (Samandar Shukurullayev, 77).
Zaxira: Abbosbek Abdug‘afforov, Humoyunshoh Sayyotov, Ilhomjon Vahobov, Bobomurod Bozorov.
Bosh murabbiy: Jamshid Saidov.
«Nasaf»: Abduvohid Ne’matov, Akromjon Komilov (Dilshod Murtazoyev, 57), G‘olib G‘aybullayev, Umarbek Eshmurodov, Murodbek Rahmatov (Abbos G‘ulomov, 46), Paata Gudushauri (Adenis Shala, 57), Zafarmurod Abdurahmatov, Bekjon Rahmatov (Yashnar Berdirahmonov, 77), Sharof Muhiddinov (Sardorbek Bahromov, 46), Bobur Abduholiqov, Yusuf Otubanjo.
Zaxira: Samandar Murodboyev, Diyor Abdunazarov, Zafar Sa’dullayev, Quvonch Xushvaqtov.
Bosh murabbiy: Ro‘ziqul Berdiyev.
Ogohlantirishlar: Zafarmurod Abdurahmatov (42), Nodirxon Ne’matxonov (50), Abbos G‘ulomov (55), Jamshid Saidov (73, bosh murabbiy), G‘iyosjon Rizaqulov (90+2).













