Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Umid Ahmadjonov Olimpiada-2020 bo‘yicha Tokioda uchrashuv o‘tkazadi, shuningdek, Moskvada FIFA kongressida ishtirok etadi

Umid Ahmadjonov Olimpiada-2020 bo‘yicha Tokioda uchrashuv o‘tkazadi, shuningdek, Moskvada FIFA kongressida ishtirok etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashish uchun Yaponiyaga yo‘l oldi.

Yaponiyada Umid Ahmadjonov Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazish Vaziri Toshiaki Endo bilan uchrashadi. Uchrashuv davomida Olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Yaponiya milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan. Ushbu uchrashuvda ikki mamlakat Olimpiya o‘yinlari harakati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Olimpiya sport turlarining rivoji yo‘lidagi islohotlar muhokama qilinadi.

O‘zbekistonlik sportchilar Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi oldiga Tokio-2020ga yo‘llanmani qo‘lga kiritish bosh vazifa qilib qo‘yilgan bo‘lsa, boshqa sport turlarida Olimpiya o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni, oltin medallarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad hisoblanadi. Yaponiya safari davomida bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashiladi.

Keyin esa 8 iyun kuni Umid Ahmadjonov Moskvaga yo‘l oladi. U yerda FIFA kongressida ishtirok etib, Jahon chempionati oldidan turli tashkiliy masalalar muhokama qilinadi. FIFAning butun dunyoda futbol rivoji bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglanadi.

14 iyun kuni esa Umid Ahmadjonov yuqori martabali mehmonlar qatorida JCH-2018ning ochilish o‘yini bo‘lgan Rossiya – Saudiya Arabistoni uchrashuvini “Lujniki” stadionidan tomosha qilib, keyin yurtimizga qaytib keladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 03:26, 05.06.2018.
O'qildi: 3666 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.