Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Gvardiolada Kloppdan taklifnoma bor

Gvardiolada Kloppdan taklifnoma bor

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola o‘n yillik faoliyatidan so‘ng «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. The Touchline nashrining RealTolmie'ga tayanib xabar berishicha, Gvardiola Yurgen Kloppdan Mayorkadagi villasida dam olish taklifini olgan.

Nemis mutaxassisi bu taklifni «Liverpul»dan ketayotgan vaqtidayoq bildirgan edi. Pep esa Yurgenga birgalikda shampan vinosidan bahramand bo‘lishga va’da bergandi. Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2015-2024 yillar mobaynida «Liverpul»ni boshqargan va mersisaydliklar ushbu yillar davomida Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»siga Angliyadagi asosiy raqobatchi bo‘lib kelgan.

Gvardiola boshqaruvidagi «Manchester Siti» o‘z tarixidagi oxirgi o‘yinini «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Kiritildi: 16:44, 25.05.2026.
O'qildi: 1662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик