Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Hozircha uchtasi naqd yoxud Gvardiola kuchli beshlikni birin-ketin zabt etmoqda

Hozircha uchtasi naqd yoxud Gvardiola kuchli beshlikni birin-ketin zabt etmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniyalik Xosep Gvardiola tan olingan hamkasblari - Karlo Anchelotti va Joze Mourinyodan so‘ng Yevropaning yetakchi 5ta milliy ligasidan kamida 3tasida g‘alaba nashidasini surgan 3-murabbiy bo‘ldi.

Kataloniyalik mutaxassis bu yil «Barselona» va «Bavariya» boshqaruvida qo‘lga kiritgan Ispaniya hamda Germaniya chempionatlarining 3tadan oltin medali yoniga Angliya Premyer ligasi bosh sovrinini ham qo‘shib qo‘ydi.

Muhimi, u yo‘l-yo‘lakay «Manchester Siti» bilan bir qator ahamiyatli rekordlarni ham yangilab qo‘ydi.

Rekordlar guldastasi

Kataloniyaning sodiq farzandi murabbiylik faoliyatini 2008 yili 47 yoshida boshlagandi. Demakki, u 9 mavsumdan buyon katta futbol ichida. Shundan 7tasida esa o‘z boshqaruvidagi klublarni milliy birinchiliklarda taxtga olib chiqdi. Aqlni shoshirib qo‘yadigan statistika!

Biroq Pep loyihasining bitta o‘xshamagan tomoni bor - «Bavariya»da ham, «Manchester Siti»da ham undan avvalo, Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba ta’minlashni kutishgandi. Ammo kataloniyalik mutaxassis xalqaro arenada «Barsa»dagi muvaffaqiyatini takrorlay olmayapti.

Mana, u oxirgi yevrokampaniyada «Liverpul» to‘sig‘idan o‘tish ilojini topolmadi. Juda alamli natija, «shaharliklar» haligacha buning asl mohiyatiga yetolmayaptilar.

1:5 - prinsipial raqibga qarshi kechgan chorak finalning umumiy hisobi «Siti»ning XXI asrdagi uchinchi chempionligiga biroz soya solayotgandek. Ammo Pep navbatdagi milliy oltin medaliga bir necha rekordlar bilan o‘zgacha jilo bag‘ishlaganini unutmaslik kerak.

23-raqamli sovrin

APL chempionlik unvoni Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi 23-sovrindir. O‘rtacha hisobda aytsak, u har mavsum o‘z kolleksiyasiga 2,5tadan sovrin qo‘shib qo‘ymoqda.

Bu borada birgina Zayniddin Zidan nisbatan yuqoriroq sur’atga ega: fransuz mutaxassisi «Real»da bir mavsum uchun 3ta sovrin to‘g‘rilamoqda.

Qolaversa, u Gvardioladan farqli o‘laroq, Chempionlar Ligasi-2017|2018da ham g‘olib chiqdi. Biroq buyuk Zizuning umumiy sov-rinlar jamg‘armasi bo‘yicha kataloniyalik bilan tenglashishiga hali ancha bor.

NAVBATDA LIGA 1 YOKI «A» SERIYASI?

Tushunarliki, Gvardiolaning hozirgi asosiy maqsadi - CHLda yana g‘alaba nashidasini surish. Har holda, u turnirda oxirgi marta 2011 yili zafar cho‘qqisiga chiqqandi va o‘sha damlarni sog‘ingani tayin.

Umuman, kataloniyalik ayni paytdagi «Siti»ni Yevropa bo‘yicha eng kuchli jamoa darajasiga olib chiqishi mumkin bemalol. Bordiyu, bu borada ishlari yurishmasa, unga hali «bo‘ysinmagan» yana 2ta jiddiy chempionat bor...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:47, 05.06.2018.
O'qildi: 7646 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.