Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Italiya futbol federasiyasi mutaxassislari 15 iyul kuni poytaxtimizga tashrif buyurishadi

Italiya futbol federasiyasi mutaxassislari 15 iyul kuni poytaxtimizga tashrif buyurishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol assosiasiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish borasida ko‘plab islohotlarni amalga oshiryapti.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida Italiya futbol assosiasiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, Italiya murabbiylari assosiasiyasi prezidenti va Italiya futbol federasiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Ulivyeri O‘FA bilan hamkorlik qilish, o‘zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O‘zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Janob Ulivyeri hamda Italiya futbol federasiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori Stefano Bonakkorso shu yilning 15-23 iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, yurtimizdagi bolalar futboli murabbiylari uchun mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tishadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:43, 05.06.2018.
O'qildi: 2740 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик