Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Fredning “MYU”ga transferi kimga foyda beradi?

Fredning “MYU”ga transferi kimga foyda beradi?

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” “Shaxtyor”dan braziliyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu transfer ko‘p narsalarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xo‘sh, uning transferidan kimlar yutadi-yu, kimlar yutqazadi? Quyida shu haqida mulohaza yuritamiz.

Joze Mourinyo “Old Trafford”da yozni qaynoq transferlar boshlash niyatida. U so‘nggi besh yil davomida Ukrainada o‘zini ko‘rsatib kelgan braziliyalik yarim himoyachini olib kelishga bel bog‘lagan. Fred “Shaxtyor” safida 156 o‘yinda 14 gol urgan zamonaviy tipdagi yarim himoyachi sirasiga kiradi.

Uning “qizil iblislar”ga o‘tishida asosiy g‘oliblar kimlar bo‘lishi mumkin?

Joze Mourinyo

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi so‘nggi mavsumda ko‘rsatgan o‘yini evaziga muxlis va mutasaddilarning keskin tanqidlari ostida qolib ketdi. Uning jamoasida kuchli iste’dodning yetishmasligi asosiy sabablardan biri, ammo barchasini portugaliyalik mutaxassining bo‘yniga yuklash ham insofdan emas. U Maykl Kerrik jarohat olganidan keyin maydonda yaratuvchanlikni ta’minlaydigan futbolchiga judayam ehtiyoj sezdi. Angliyalik futbolchi esa jarohatidan keyin oldingi o‘yinini namoyish qila olmasligini sezgach iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

Uning tajribasini qoplash imkonsiz albatta, lekin Fred timsolida “o‘zgacha” yarim himoyani ancha o‘nglab olishi mumkin. Uning maydondagi harakatlari Fernandinyo “Manchester Siti”da bajarayotgan ishiga o‘xshaydi. Aynan shu “qizil iblsilar”ga yetishmayapti. Agarda Mourinyo to‘g‘ri muvozanatni o‘rnata olsa, raqiblarga oson bo‘lmasligi aniq.

Pol Pogba

Ushbu transfer Pogbaning “Old Trafford”dagi faoliyatida tub burilish yasay oladimi? Javob berishga biroz vaqtlidir, ammo bu transfer unga butun diqqat-e’tiborini hujumga qaratishiga yordam beradi.

Pogba “Manchester Yunayted”ga qaytganidan beri yechilmas jumboq bo‘lib kelmoqda. Fred kabi yarim himoyachiga ega bo‘lish maydon markazini mustahamlanishi bilan birga, Pogbaga suyanch vazifasini ham o‘tab beradi. U Mouning konservativ o‘yin tizimida qiyinchilikka uchramoqda. Uch kishilik yarim himoyachi bilan o‘ynash unga yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Fredning mehnatkashligi va ajoyib paslar uzatishidan ko‘pchilikka foyda bo‘ladi. Fransiyalik iqtidor egasi o‘tgan mavsumda atigi olti gol va 10 golli uzatmani amalga oshirdi. Fredning kelishi bilan u o‘z statistikasini yanada yaxshilashga muvaffaq bo‘lar.

Fil Jons

Angliyalik himoyachi bu mavsumda vaqti vaqti bilan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ayniqcha Angliya Kubogi finalidagi xatosi sabab “Chelsi” vakillar g‘alaba to‘pini kiritishdi. Klubning sobiq himoyachilari – Stiv Bryus va Gari Pallisterlar ham ancha mustahakam o‘yin namoyish qilishmagan, biroq Roy Kindek futbolchi ularning xatolarini yopib ketardi.

Hozir barcha Fredni navbatdagi ...

Davomi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:59, 07.06.2018.
O'qildi: 6318 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.