Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘FFni o‘zgartirish vaqti yetdi, O‘FA!

O‘FFni o‘zgartirish vaqti yetdi, O‘FA!

Baho:
+ | -

Navbatdagi Jahon Chempionatiga ham sanoqli kunlar qoldi. Afsuski, Rossiyadagi mundialda ham Braziliya, Ispaniya, Germaniya kabi terma jamoalarga muxlislik qilishga majburmiz. Yarani yangilash niyatimiz yo‘q.

Zero O‘zbekiston navbatdagi bor mundialdan quruq qolgandan so‘ng mamlakat futbolida katta o‘zgarishlar boshlanishi kutildi. Va bu qaysidir ma’noda boshlandi ham. O‘FF o‘z nomini O‘FAga o‘zgartirdi, Oliy Liga Superliga (yanada aniqrog‘i Pepsi Superliga) nomini oldi, Kubok bahslari Angliyadagi kabi bo‘ldi. PFL o‘z logotipini milliy uslubdagi ko‘rinishga o‘tkazdi(ha, aytgancha yaqinda «Bunyodkor» stadioni ham milliycha nom oladi). Bir qarasang, «Real» bir qarasang, «Inter»ning Toshkentda akademiyalari ochilishi haqida xabarlar. Ha, O‘FA ishlayapti. Buni inkor qilish niyatimiz yo‘q. Ahmadjonovning o‘zi mundialdan so‘ng milliy termaning mashhur murabbiyini e’lon qilinishi borasidagi bayonoti esa jurnalistlar va futbol muxlislarining Jahon Chempionatining boshlanishidan ko‘ra uning tugashini ilhaq bo‘lib kutishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘FAning ayni vaqtdagi rahbariyatining avvalgilaridan farqi jahonning kuchli terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishda ham ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, Marokash, Senegal kecha esa Janubiy Amerikaning bir necha bor chempioni, Jahon Chempionatining ikki bor g‘olibi, tarkibida Luis Suares hamda Edinson Kavanidek hujumchilari bor Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bahslarda asosan 23 yoshgacha Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan o‘yinchilar ishtirok etganini yaxshi holat deb qabul qilsa bo‘ladi. Avlodlar almashinuvi davri kelgan vaqtda iqtidorli o‘yinchilarga yo‘l ochilishi har holda quvonarli. Biroq jamoaning Urugvayga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan xursand bo‘lish, atigi 3 to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishgani maqtagulik holat emas. Mazkur 3 bahsning o‘ziyoq terma jamoada, umuman, o‘zbek futbolida qilinadigan ishlar hali yetarli darajada ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Hozirgi termaning natijalari qoniqarli emas. Biroq hammasi vaqtga bog‘liq, albattta. Bu o‘yinlarning foydasi haqida esa faqatgina Osiyo Kubogi va Qatarda bo‘ladigan JCH—2022 saralashidan so‘ng fikr bildirish joiz bo‘ladi, nazarimizda.

Shu o‘rinda O‘FAning ba’zi holatlarni nazardan chetda qoldirayotganini ta’kidlash lozim. Jumladan, O‘zbekiston milliy termasi kecha O‘FA logotipi tushirilgan liboslarda emas, aksincha eski O‘FF (UFF) logotipi tushiriligan liboslarda maydonga tushdi. Maydondagi innovasion tabloda ham O‘FA emas, O‘FF logotipi ko‘rsatildi.

Modomiki, O‘FA professionallikka intilar ekan, bunday holatlarga ortiq ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu esa tashkilotning marketing sohasida qiladigan ishlari ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, roppa-rosa 6 kundan so‘ng boshlanadigan JCH—2018 ni ilhaq bo‘lib kutishda davom etamiz. Ungacha esa Superliga, uzr, kechirasiz-a, Pepsi Superligasi bahslarining navbatdagi turini ko‘rib, futbolga bo‘lgan chanqog‘imizni bostirib turamiz, aziz muxlis!

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:49, 08.06.2018.
O'qildi: 5853 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.