7-8 iyun kunlari Qarshi shahridagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi. O‘ziga xos bayram sifatida tashkil qilingan turnirda 160 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra Viloyat gimnastika bolalar-o‘smirlar sport maktabi birinchi o‘rinni egalladi. Qarshi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabi sportchilari ikkinchi, G‘uzor tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.