Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Moskvada “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Moskvada “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, FIFA Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6 mavsumiga start bergandi. Bugun Moskvadagi “Spartak” klubi akademiyasi maydonida mazkur loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida dunyoning 211ta mamlakatidan tashrif buyurgan 1500 nafarga yaqin bolalar ishtirok etishmoqda. 

O‘zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etmoqda. Ular tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda ishtirok etishdi. Bugundan futbol musobaqalariga start berildi. Muslim Abdummanopov darvozabon sifatida futbol musobaqalarida ishtirok etsa, Mardon Marupov o‘tkazilayotgan uchrashuvlarni jurnalist sifatida media markazda yoritib boradi. 

 Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mazkur loyihada ikkinchi marta ishtirok etyapti. O‘tgan yili “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida yurtimiz sharafini “Lokomotiv” Toshkent vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov himoya qilgandi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 01:41, 10.06.2018.
O'qildi: 2654 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик