Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Katta migrasiya uchquni Emeri, Tuxel, Sarri, Konte... (foto)

Katta migrasiya uchquni Emeri, Tuxel, Sarri, Konte... (foto)

Baho:
+ | -

Yevropalik murabbiylar turli yo‘nalishlar bo‘yicha harakatga tushdilar. Vaholanki, «ko‘hna qit’a» futbolida hozircha katta transferlar kuzatilgani yo‘q.

Xullas, «SSF» nashri nomdor murabbiylarning migrasiyasi allaqachon avj pallasiga kirganidan hayratlanib, barchasini yaxlit tasvirda ifoda etishga urinib ko‘rdi.

Antonio Konte hozircha yangi ish topmagan bo‘lsa, Karlo Anchelotti «Napoli» boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati esa baskoniyalik mutaxassis Unai Emeri bilan shartnoma tuzganini rasman tasdiqladi.

Bular mavsumlar oralig‘idagi ilk tayinlovlar ham, oxirgilari ham emas. Deylik, Emerining «PSJ» bilan xayrlashishiyu, bo‘shagan joyni Dortmund «Borussiya»si sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel egallashi ancha oldin aniq bo‘lgandi.

Baskoniyalik parijliklar bilan mavsum davomida naq 4ta sovrin yutdi, biroq «poker» ham uning Fransiya poytaxtida qolishiga kamlik qildi. «Murabbiycha» (Emeri Moskvaning «Spartak» klubini boshqarganida, Artyom Dzyuba uni shunday «ta’riflagandi») endi Londonda «Arsenal» va o‘z obro‘sini tiklashga urinib ko‘radi.

Bilasiz, «kanonirlar» 22 yillik faoliyati davomida jamoa bilan loaqal 1ta yevrokubok yutolmagan Arsen Vengerni nihoyat, nafaqa (balki boshqa klubgadir) kuzatib qo‘yishdi. Taqqoslash uchun aytsak, Emeri «Sevilya»ni Yevropa Ligasida 3 bora g‘oliblik shohsupasiga yetaklagan.

Umuman, «murabbiylar «bozori»da oltin talvasasi boshlandi, chog‘i. Antonio Konte erta-indin «Chelsi»dan ketsa kerak, ammo uning uchun Italiya terma jamoasiga yo‘l yo‘q - Roberto Manchini vaqtida «talmovsiradi».

O‘z o‘rnida, «Zenit» bosh murabbiyi vakolatini «Napoli»ga keragi bo‘lmay qolgan Maurisio Sarri qo‘lga olishi mumkin. To‘g‘ri, Piter klubi rahbariyati boshqa nomzodlarga ham jiddiy qaramoqda.

Chunonchi, Sarri har lahzada Angliya klublaridan biri taklifiga ijobiy javob berishi hech gap emas. Misol uchun, u «Chelsi»ga moyildek. Xullas, murabbiylar migrasiyasi hozirning o‘zida chuvilgan to‘pchani eslatmoqda. Qolaversa, umumiy manzara kun sayin o‘zgarib turadi...

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:32, 10.06.2018.
O'qildi: 4917 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.