Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Toshkentda bunyod etiladigan O‘FAning yangi binosiga birinchi g‘ishtni FIFA Prezidenti Janni Infantino qo‘yib beradi

Toshkentda bunyod etiladigan O‘FAning yangi binosiga birinchi g‘ishtni FIFA Prezidenti Janni Infantino qo‘yib beradi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol bo‘yicha jahon chempionati starti oldidan, bugun Rossiya poytaxtidagi «Kempinski otel» mehmonxonasida Osiyo futbol Konfederasiyasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda FIFA Prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, bu yilgi Mundialda qit’amiz sharafini beshta terma jamoa – Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya termalari himoya qilishadi. Bugungi yig‘ilishda FIFA Prezidenti Janni Infantino, qolaversa Osiyo futbol Konfederasiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa jahon chempionatida ishtirok etuvchi Osiyo terma jamoalari va hakamlarga omad tiladi.

Jumladan, Janni Infantino yig‘ilish davomida shunday dedi: «Osiyoda futbol jadallik bilan rivojlanib boryapti. Umid qilamanki, bu yilgi musobaqada Osiyo terma jamoalari ham o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata olishadi. Qolaversa, ayni paytda Osiyoda hakamlik sohasi ham ancha rivojlangan. So‘nggi yillarda ushbu qit’adan bir qator kuchli referilar yetishib chiqdi. Jahon chempionatining final bosqichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi ham bugungi kunda aynan Osiyolik hakam Ravshan Ermatov bo‘lib turgani ham fikrimga isbot bo‘la oladi».

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada ham ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zbek futboli tarixida ilk marotaba Alim Arifov jahon chempionatida komissar vazifasini bajaradi.

Yig‘ilishdan so‘ng MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashdi. MOQ rahbari mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida FIFA Prezidentiga so‘zlab berdi. O‘z navbatida, jahondagi eng qudratli sport tashkilotlaridan birining rahbari Infantino ham o‘zbek sportida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi va yaqin orada shaxsan o‘zi Toshkentga tashrif buyurishini va o‘zgarishlarni bevosita kuzatishini ta’kidlab o‘tdi.

Rejaga ko‘ra, shu yilning o‘zida «Milliy» stadion (sobiq «Bunyodkor») hududida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi uchun yangi bino qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Binoga birinchi g‘ishtni aynan FIFA prezidenti Janni Infantino qo‘yib berishi kutilmoqda. Demak, shu yil yakuniga qadar FIFA rahbari Toshkentga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 14 iyun kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida boshlanadi. Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ochilish uchrashuvini MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi-vise prezidenti Umid Ahmadjonov ham bevosita stadiondan kuzatib boradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:21, 11.06.2018.
O'qildi: 4716 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.