Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi doirasida milliy assosiasiya delegatlari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi doirasida milliy assosiasiya delegatlari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol federasiyasi – FIFA Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6 mavsumiga start berilgani va 9 iyun kuni Moskvadagi “Spartak” klubi akademiyasi maydonida mazkur loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Bu yil “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida dunyoning 211ta mamlakatidan tashrif buyurgan 1500 nafarga yaqin bolalar, milliy assosiasiya delegatlari va jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O‘zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etyapti. Loyihaning final bosqichi ertaga start oladi va unda jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Bugun, barcha ishtirokchilar so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tadilar.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy dasturining milliy assosiasiyalar vakillari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston vakillari Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ukraina delegatlaridan tashkil topgan jamoada Ekvatorial Gvineya, AQSH, Gana, Togo, Kamerun, Argentina, Peru, Ekvador va Kolumbiya vakillariga qarshi bahs olib borishdi. Unda do‘stlik g‘alaba qozondi.

Bundan tashqari, kechga yaqin rasmiy delegasiya a’zolari ishtirokida katta matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Har bir mintaqa vakili “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining asosiy qadriyatlari haqida to‘xtaldi, delegatlar o‘zaro milliy sovg‘alarni almashdi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mazkur loyihada ikkinchi marta ishtirok etyapti. O‘tgan yili “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida yurtimiz sharafini “Lokomotiv” Toshkent vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov himoya qilgandi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 03:43, 12.06.2018.
O'qildi: 2129 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.