Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining asosiy musobaqalari boshlandi

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining asosiy musobaqalari boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi – FIFA Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6-mavsumiga start berilgani va 9 iyun kuni Moskvadagi “Spartak” klubi akademiyasi maydonida mazkur loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Bu yil “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida dunyoning 211ta mamlakatidan tashrif buyurgan 1500 nafarga yaqin bolalar, milliy assosiasiya delegatlari va jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O‘zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etyapti.

Bugun, 12 iyun kuni loyihaning futbol bo‘yicha asosiy musobaqalari start oldi. O‘zbekiston vakili Muslim Abdumannopov Kayman orollari, Isroil, Gibraltar, Mo‘g‘uliston va Lyuksemburg mamlakatlari a’zolari bilan birga Western Gorilla jamoasida ishtirok etdi.

Afsuski, ushbu jamoa a’zolari guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Ammo loyihaan asosiy maqsad g‘alaba qozonish emas, tadbirlarda ishtirok etib, yangi do‘stlar orttirish, o‘zaro birdamlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.

Yosh jurnalist Mardon Marupov esa chet ellik yosh hamkasblari bilan media-markaz orqali bugungi tadbirlarni yoritib bordi.

 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:50, 12.06.2018.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.