Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Nasaf” Bekobodda durangga erishdi

“Nasaf” Bekobodda durangga erishdi

Baho:
+ | -

Bugun "Nasaf" Pepsi Superliganing 15-tur uchrashuvini safarda “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Nasaf” Bekobodda so‘nggi bor 2015 yili zafar quchgan edi. Bundan tashqari, "ajdarlar" muvaffaqiyatsizliklar tufayli turnir jadvalining 7-pog‘onasiga tushib ketishdi. Mavjud vaziyat qarshiliklarda og‘ir ruhiy holatni yuzaga keltirdi. Bu murabbiylarimizga ham katta bosimni vujudga keltirdi. Demoqchimizki, ular uchun ish ko‘lami ortdi. Qanday bo‘lmasin, futbolchilarimizni ruhini ko‘tarib, mavjud vaziyatdan chiqib ketish kerak edi. Bugun bu ish uddalandi. “Nasaf” Bekoboddan durang bilan qaytmoqda.

Xo‘sh, uchrashuv qanday boshlandi? Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsada, vaqt o‘tgan sayin jamoalar hujumlar tashkil etishdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida jamoamizning tashkil etgan hujumida Bobir Abduxoliqovga nisbatan himoyachilar jarima maydonchasiga qo‘pollik ko‘rsatishdi. Natijada uchrashuv hakami mezbonlar darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. Penaltini Dragan Cheran juda sovuqqonlik bilan, aniq amalga oshirib jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Bugungi uchrashuvda ancha faol bo‘lgan Bobir Abduxoliqov uchrashuvning 35-daqiqasida hisobni 0:2ga o‘zgartirdi. Doniyor Narzullayevning oshirib bergan to‘pini Abduxoliqov golga aylantirdi – 0:2. Jamoalar mana shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni kutilganidek maydon egalari faol boshlashdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Zohid Abdullayev Shaxzod Shaymanovning boshlab bergan hujumini gol bilan yakunladi. U boshi bilan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi – 1:2.

Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan besh daqiqa qo‘shib berildi. Ana shu qo‘shimcha daqiqalarda uchrashuv hakami "Nasaf" futbolchisini jarima maydonchada to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganini qayd etdi va penalti belgiladi. Penaltini Zabihillo O‘rinboyev golga aylantirdi – 2:2.

Shunday qilib, "Nasaf" Bekobodda durangga erishdi.

Futbolchilarga 20 iyungacha tanaffus e’lon qilindi.

Pepsi Superliga, 15-tur

“METALLURG” – “NASAF” 2:2 (0:2)

12.06.2018. “Metallurg” markaziy stadioni. 19:11da

Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Kristina Sereda (ikkisi ham Buxorodan)

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Ma’mur Saidqosimov.

Gollar: Zohid Abdullayev, 61’-1:2, Zabihillo Urinboyev, 90+4’-2:2 - Dragan Cheran, pen. 16’-0:1, Bobir Abduxoliqov, 35’-0:2

Metallurg”: 35.Javohir Ilyosov, 5.Abbosjon Otaxonov, 8.SHaxzod Shaymanov (77.Muxammad Isayev, 69), 10.Islombek Isoqjonov, 15.Zoxid Abdullayev, 16.Jasur Hasanov, 20.Dilyorbek Ermatov, 37.SHerzod Fayziyev, 55.Akbarjon Ismatillayev (s), 90.Zafar To‘rayev (7.Suxrob Nurulloyev, 69), 91.Pavel Smolyachenko.

Zaxira: 31.Nikita Ribkin, 9.Zabihillo Urinboyev, 13.Javohir Esonqulov, 14.Abror Toshqo‘ziyev, 24.Doniyor Hoshimov, 42.Xudoyshukur Sattorov, 88.Abror Xusinov.

Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odil Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (21.Jahongir Aliyev, 83), 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullayev (55.Slavko Lukich, 86), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov (18.Bobir Davlatov, 72), 69.Dragan Cheran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 15.Dilshod Saitov, 20.Islom Kenjaboyev, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal Mozgovoy.

Ogohlantirish: Zohid Abdullayev (59) – Dragan Cheran (7), G‘olib G‘aybullayev (77)

Manba: voha.uz
Kiritildi: 21:27, 12.06.2018.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.