Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

JCH-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi

JCH-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

JCH-2018 D guruhi vakillari Argentina va Islandiya terma jamolari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvdagi birinchi hujumni islandiyaliklar boshladi, ammo ish xavli zarbagacha yetib bormadi. Yevropaliklar shu bilan cheklanib qolmadilar, aytish mumkinki, birinchi bo‘limda xavli vaziyatlar bo‘yicha argentinaliklardan ustunlik qildilar.

Messi jamoasining birinchi rosmana hujumi 5-daqiqada sodir bo‘ldi, jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pga Otamendi bosh bilan zarba bera olmadi. Ikki daqiqa o‘tib, Messi arima to‘pini 11 metrlik nuqta atrofiga chiqarib berdi, Talyafikoning bosh bilan zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi.

Islandlarning javob hujumida Finnbogasonning zarbasi yuqoridan ketdi. Biroz o‘tib islandlar hisobni ochishlari mumkin edi, jarima madoni ichda yolg‘iz qolgan Byarnason qulay vaziyatdan foydalana olmadi, uning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

19-daqiqada hisob ochildi. Roxoning uzoq masofdan bergan zarbasi omadsiz chiqdi, qaytgan to‘pni jarima maydoni ichida Aguero egallab oldi va qayrilib, chap oyog‘ida darvoza "to‘qqiz"ligini nishonga oldi 1:0.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib tinim bilmas islandlar hisobni tenglashtirdilar. Argentina posboni Kabalyero to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, bu jarima maydonchasi ichida vahima keltirib chiqardi. "Vikinglar" ketma-ket darvozani o‘qqa tutishdi, zarbalarning birini Kabalyero qaytardi, qaytgan to‘pga chaqqon chiqqan Finngobason to‘pn darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Di Mariya amalga oshirgan to‘pni Otamendi boshi bilan darvozaga yo‘o‘lmoqchi bo‘ldi, ammo juda noaniq. Hisobdan qoniqmayotgan argentinaliklar hujumga zo‘r berdilar. Ana shunday hujumlarning birida jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pni qabul qilishgan uringan Maksimiliano Mesani Magnusson turtib yubordi - penalti! Afsuski, 11-metrlik jarimani tepgan Argentina yulduzi Lioyenl Messi gol ura olmadi. Xallbdoursson to‘pni qaytardi.

Messi xatoga yo‘l qo‘ya boshladi, u 73-daqiqada oddiy vaziyatda Di Mariyaga to‘p oshira olmadi. Argentinaning sanoqsiz hujumlarining birida Messi tepgan to‘p o‘z jamoadoshiga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Sampaoli 84-daqiqada Mesaning o‘rniga Gonsalo Iguainni maydonga tushirdi. Ammo foydali harakatlari bilan esda qolmadi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Messi uchun bu uchrashuvdagi oxirgi imkoniyat tug‘ildi. Argentinaliklar jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdilar, ammo biroz uzoqroq masofada. Messining zarbasi arima maydonchasi ichgia yetib bormadi, islandiyaliklardan biriga tegib qaytishi bilan hakam hushtagi chalindi.

Shu tariqa o‘yin durang bilan yakunlandi - 1:1.


JCH-2018, 1-tur

D guruhi

Argentina – Islandiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 19 Aguero, 1:1 – 23 Finnbogason.

Argentina – Kabalyero, Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano, Bigliya (Banega, 54), Salvio, Mesa (Iguain, 84), Di Mariya (Pavon, 75), Messi, Aguero.

Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson, Gunnarsson (Skulason, 76), Sigurdsson, Gudmundsson (Gislason, 63), Byarnason, Finnbogason (Sigurdarson, 89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:03, 16.06.2018.
O'qildi: 4770 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик