Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Real Madrid Foundation Clinic dasturining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi

Real Madrid Foundation Clinic dasturining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelarning Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha yurtimizga tashrifi doirasidagi birinchi bosqichning ikkinchi xaftasi ham o‘z nihoyasiga yetdi.

2004-2005 yilda tug‘ilgan bolalar ishtirokidagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda “Qirollik klubi” mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasi metodikasi asosida mashg‘ulotlar olib borishgani xaqida avval xabar berib o‘tgan edik.

Birinchi bosqichning so‘nggi xaftasida ham amaliy darslarga alohida urg‘u berilib, asosiy e’tibor to‘pni maydonda olib yurish, to‘p bilan muomala qilish, maydonda to‘g‘ri pozisiya tanlay olish, yugurish texnikasi, standart vaziyatlardan unumli foydalanish, “tennisbol” mashg‘uloti kabi yo‘nalishlarga qaratildi.

Musobaqaning so‘nggi kunida “Real Madrid” murabbiylari shogirdlari hamda Azamat Abduraimov boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi o‘rtasida nazorat uchrashuvi ham o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz 1 iyundan 16 iyunga qadar davom etgan mashg‘ulot va master klasslarda respublikamizning barcha xududlaridan tashrif buyurgan 150 dan ziyod yosh sportchilar ishtirok etishdi. Barcha qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Real Madrid Foundation Clinic dasturining keyingi bosqichi O‘zbekistonning boshqa shahar va viloyatlarida ham tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:00, 16.06.2018.
O'qildi: 4001 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.