Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello "MYU" klubi va Fransiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.
"Haqiqat shundaki, Pogba A seriyada ajralib turar edi, ammo Angliya va terma jamoada emas. Uning jismoniy kuchi sababli Italiyada uni to‘xtatib bo‘lmaydiganday ko‘rinar edi. Ammo u "MYU"da va Fransiya termasida bo‘sh futbolchiga o‘xshab qoladi.
"Yuventus" uni bunday narxga sotib (105 mln yevro) fantastik kelishuvga erishgan", - deydi Kapello.