Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

JCH-2018. Videotakror, penalti va Shvesiya Koreyani mag‘lub etdi

JCH-2018. Videotakror, penalti va Shvesiya Koreyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining "F" guruhidan o‘rin olgan 1-tur bahsi yakuniga yetdi. Shvesiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda qit’adoshlarimiz mag‘lub bo‘lishdi.

Butun o‘yin davomida ustunlik yevropaliklar tomonida bo‘ldi. Birinchi bo‘limda shvedlar ko‘p imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Ayniqsa, Berg 4-5 metr masofadan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Koreyalik posbon ajoyib seyv namoyish qilib, zarbani qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda Shvesiya terma jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Salvadorlik hakam videotakrorga murojaat qilganidan keyin Janubiy Koreya darvozasi tomon penalti belgiladi. Shvesiyaliklar sardori Grankvist 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalanib, bahsning 65-daqiqasida jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Osiyoliklar qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo jamoa sardori Ki Song Yong qulay vazyaitdan bosh bilan aniq zarba bera olmagan bo‘lsa, keyingi vaziyatda to‘p shved futbolchisining qo‘liga tekkani uchun penalti belgilamadi.

Shu tariqa, Shvesiya terma jamoasi Meksika bilan birgalikda "F" guruhida peshqadamlik qiladigan bo‘ldi.

JCH-2018, "F" guruhi, 1-tur
Shvesiya – Janubiy Koreya  1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65, penalti Grankvist.
Shvesiya – Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilyemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).
Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Yon Gvon, Pak Chju Xo (Kim Min U, 28), Li Yen, Chjan Xen Su, Ki Son Yen, Ku Chja Chxol (Li Sin U, 72), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xin Min, Kim Sin Uk (CHjon U Yen, 66).
Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Chxan (55), Klasson (61).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:01, 18.06.2018.
O'qildi: 4457 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.