Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

“Futbol do‘stlik uchun”: tenglik, adolat, sog‘liq, g‘alaba, an’analar, tinchlik, sadoqat, faxr va do‘stlik

“Futbol do‘stlik uchun”: tenglik, adolat, sog‘liq, g‘alaba, an’analar, tinchlik, sadoqat, faxr va do‘stlik

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6-mavsumini o‘tkazdi.

Bu yil ijtimoiy loyihada dunyoning 211 ta mamlakatidan 1500 nafarga yaqin bolalar va mimilliy assosiasiya delegatlari, jami 5000 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. 

“Futbol do‘stlik uchun” tadbirida faxriy mehmon sifatida Rossiya milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov, ispaniyalik taniqli darvozabon Iker Kasilyas, Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi Alsayyar Abdulrahmon kabi yulduzlar ishtirok etishdi. 

O‘zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etdi. 

Tadbirning asosiy musobaqalari “Lomotiv” klubi stadionida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro futbol o‘ynashdi. Jamoalarga kamyob sanalgan va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan jonivorlar nomi qo‘yildi. 

O‘zbekiston vakili Muslim Abdumannopov Kayman orollari, Isroil, Gibraltar, Mo‘g‘uliston va Lyuksemburg mamlakatlari a’zolari bilan birga Western Gorilla jamoasida ishtirok etdi. 

Yosh jurnalist Mardon Marupov esa chet ellik yosh hamkasblari bilan media-markaz orqali tadbirlarni yoritib bordi. 

Keyin esa Evropadagi eng katta usti yopiq akvarium hisoblangan  "Moskvarium"da forum bo‘lib o‘tdi. Forum davomida ishtirokchilar dengiz jonivorlarini yaqindan tomosha qilish va ular haqida qiziqarli ma’lumotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

14 iyun kuni esa "Futbol do‘stlik uchun" loyihasi a’zolari Moskvadagi "Lujniki" stadionida JCH -2018ning ochilish o‘yini Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuviga tashrif buyurishdi. Uchrashuv stadiondagi muxlislarga katta zavq bag‘ishladi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham bu kabi loyihalarni hamisha qo‘llab-quvvatlashga va ularda faol ishtirok etishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mazkur loyihada ikkinchi marta ishtirok etyapti. O‘tgan yili “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida yurtimiz sharafini “Lokomotiv” Toshkent vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov himoya qilgandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:37, 21.06.2018.
O'qildi: 2550 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.