Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

JCH-2018. Shveysariya irodali g‘alabaga erishdi

JCH-2018. Shveysariya irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Rossiyada davom etayotgan Jahon chempionatining "E" guruhida 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Serbiya va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin taqdiri so‘nggi daqiqalarda hal bo‘ldi.

Dastlab bahsning 5-daqiqasida serbiyaliklar Mitrovichning goli evaziga hisobni ochishdi. Tanaffusga qadar shveysariyaliklar bir nechta xavfli hujum tashkil qilgan bo‘lsalar-da, serblar hisobdagi ustunlikni saqlab qolishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Granit Jaka jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Shakiri Shveysariyani oldinga olib chiqishi mumkin edi, ammo uning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Shundan so‘ng maydonda tengma-teng kurash kechdi. Faqatgina so‘nggi daqiqada Shveysariya terma jamoasi qarshi hujumda raqibni jazoladi. Jerdan Shakiri darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani zabt etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Shveysariya o‘z ochkolarini 4taga yetkazgan bo‘lsa, Serbiya 3 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Serblar so‘nggi turda Braziliya bilan, shveysariyaliklar esa Kosta-Rika bilan to‘qnash kelishadi.

JCH-2018. "E" guruhi, 2-tur
Serbiya – Shveysariya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 5 Mitrovich, 1:1 – 52 Djaka, 1:2 – 90 Shakiri.
Serbiya – Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Ivanovich, Toshich, Milivoyevich (Radonich, 81), Matich, Milinkovich-Savich, Tadich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.
Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akanji, Behrami, Jaka, Jemaili (Embolo, 73), Shakiri, Suber (Drmich, 90), Seferovich (Gavranovich, 46).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoyevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shakiri (90).

E - guruhi
Jamoa O‘  G‘ D M T - N O
1. Braziliya 2 1 1 0 3-1 4
2. Shveysariya 2 1 1 0 3-2 4
3. Serbiya 2 1 0 1 2-2 3
4. Kosta-Rika 2 0 0 2 0-3 0
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:01, 23.06.2018.
O'qildi: 5269 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик