Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) 2-1 Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn 2-1 Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya 1-1 As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-0 Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

Serbiya futbol uyushmasi Shveysariyaga qarshi o‘yin hakami ustidan shikoyat qiladi

Serbiya futbol uyushmasi Shveysariyaga qarshi o‘yin hakami ustidan shikoyat qiladi

Baho:
+ | -

Serbiya futbol uyushmasi JCH-2018 guruh bosqichining 2-turi doirasida Shveysariyaga qarshi kechgan o‘yinni boshqarib borgan nemis hakami Feliks Brix ustidan FIFAga arz qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Kaliningraddagi bahsda serblar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

"Shveysariya bilan o‘yindagi hakamlar faoliyati ustidan FIFAga shikoyat yuboramiz. Penalti bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olmaganda ham hakamlar ko‘plab vaziyatlarda raqibimiz foydasiga qarorlar qabul qildi", - deya bayonot bergan tashkilot bosh kotibi Yovan Shurbatovich.

Shurbatovich, shuningdek, FIFA Shveysariya terma jamoasi yarimhimoyachisi Sherdan Shakiriga Kosovo bayrog‘i tushirilgan butsada maydonga tushishga ruxsat berganidan noroziligini bildirgan.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 10:10, 23.06.2018.
O'qildi: 3646 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик