Fransiya chempionati turnir jadvali tubidan «Yangi Mahrez», Italiyadan ajoyib «raqqos», albatta, Leo Messi va boshqalar.
Alohida qayd etish kerak, eng kuchli driblingchilar reytingini tuzishda mavsum doirasidagi o‘yinlarning kamida yarmida qatnashgan va har bir uchrashuvda o‘rtacha hisobda 3,5 marta aldamchi harakatni amalga oshirgan futbolchilar natijasi hisobga olingan.
10-o‘rin. Aleksis SANCHES («Arsenal»|«MYU») - 70 foiz omadli urinish (31ta o‘yinda 84 marta aldab o‘tish)
Dribling chililik goleadorning eng ustun jihatlaridan biri hisoblanadi. U deyarli 30 yoshga to‘ldi. Demakki, tabiiy ravishda tezligi pasaymoqda, yengil va chaqqon harakatlari soni kamaymoqda, hattoki, zarbasi kuchi oldingidek emas.
Lekin Aleksis raqiblarni aldab o‘tishda hamon benazir yigitligicha qolmoqda. Aytish mumkinki, «Arsenal»dan bezib, «MYU» safiga qo‘shilgan Sanches bu borada faoliyatidagi eng omadli mavsumlardan birini o‘tkazdi.
9-o‘rin. Alexandro GOMES («Atalanta») - 70,5 foiz omadli urinish (33ta o‘yinda 105 marta aldab o‘tish)
Bergamo uchun «qirol» va «A» seriyasi uchun kamtarin ijrochi. 30 yoshli Gomes dribling mahoratidan ko‘ra, ehtirosli raqsi bilan mashhurroq. Lekin argentinalik futbolchi raqiblarini «chuv tushirish»ga ham usta. Bo‘yi nisbatan past yigit fint ko‘rsatishga tushsa, to‘pni undan olib qo‘yish oson emas.
Darvoqe, Alexandro «Atletiko»ga o‘tishi mumkin edi, biroq «Metallist»ni tanladi. Afsus... Har holda, uning hamyurti Diyego Simeone qo‘l ostida qanday «raqs» tushishini ko‘rish qiziqarli bo‘lardi.
8-o‘rin. Ussem AUAR («Lion») - 71,9 foiz omadli urinish (32ta o‘yin-da 82 marta aldab o‘tish)
Bu yigit maydonni yaxshi ko‘radi, o‘yin rivojini oldindan ilg‘aydi va zarurat tug‘ilsa, maydon markazida 1-2ta antiqa «hunar» namoyish etishi mumkin. Ussemning ajib harakatlariga qarasangiz, uning kelajakda top-darajada o‘ynashini taxmin qilasiz beixtiyor.
Ha, Fransiya chempionatida dribling ishlatish nisbatan osonroqdir, ehtimol. Har holda, bir mavsum oldin driblingchilar reytingida yetakchilar qatoridan joy olgan Liga 1 vakili Bundesligaga yo‘l olgach, uning bu boradagi aniqlik ko‘rsatkichi birdaniga 27 foiz pasaydi.
Lekin bu fakt Auarga xaridor bo‘lib turgan klublarni aslo xavotirga solmayapti. Axir texnik salohiyati yuqori yigitcha endi 19 yoshini qarshi oldi. U ayni payt «Barselona» va «Liverpul» kabi grandlar e’tiborida turibdi.
7-o‘rin. Lionel MESSI («Barselona») - 72 foiz omadli urinish (36ta o‘yinda 185 marta aldab o‘tish)
Leoning sehrli aldamchi harakatlari haqida biror yangi gap aytish mushkul. Shunday tasavvur borki, argentinalik dahocha dribling mahoratini ko‘rsata boshlasa, raqiblar ham uning tomoshabiniga aylanishadi, go‘yo. Leoning ta’qibdan yengilgina qutulishini boshqacha izohlash mumkin emas.
6-o‘rin. Paulo DIBALA («Yuventus») - 72,1 foiz omadli urinish (33ta o‘yinda 93 marta aldab o‘tish)
Argentina futbolining yana bir vakili maydonda ko‘pincha dangasalarga xos erinibgina yuguradi. Harqalay, o‘ta effektli yurishlar bilan ortiqcha maqtanolmaydi. Umuman, Dibala kamdankam holatlarda yuqori tezlik oladi, nisbatan zaif o‘ng oyog‘ini ishga solmaydi, hisob.
Qisqasi, Paulo asosan aylanma zarbalari bilan ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, betakror dribling mahorati bilan eng baquvvat raqiblarini ham o‘rnidan jilmas «daraxt»ga aylantirib qo‘yadi.
5-o‘rin. Pol POGBA
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.