Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 22:00 Cremonese - Inter
02/02 00:45 Parma - Yuventus

Real o‘g‘rilikmi bu? Yoki «Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi haqida

Real o‘g‘rilikmi bu? Yoki «Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi haqida

Baho:
+ | -

Jahon chempionati starti arafasida hech kimning xayoliga ham kelmagan voqelik kuzatildi - Ispaniya terma jamoasining ikki yillik mag‘lubiyatsiz seriyasi asosiy sababchisi - Xulen Lopetegi iste’foga chiqarildi va uning o‘rniga «Real»ning sobiq sardori Fernando Yerro tayinlandi.

Sababi oddiy: ishi ravon ketayotgan murabbiy tig‘iz pallada terma jamoa tashvishlaridan ortib, «Qirollik klubi» bilan muzokara o‘tkazishga vaqt topdi. Shu narsa Ispaniya futboli rahbariyati hamiyatiga tegdi, shekilli, o‘ta keskin qaror qabul qilindi.

Keyinroq «Real» rahbarlari xotirjam tarzda Xulen Lopetegini yangi bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirishdi. Ispan mutaxassisi bilan birdaniga 3 yillik shartnoma rasmiylashtirildi. Eslatma, Lopetegi «qizil furiya»da ish boshlaguncha «Rayo Valyekano» va «Portu» klublari, shuningdek,  Ispaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarini boshqargandi.

Aytish o‘rinli, Ispaniya futbol federasiyasi va Lopetegi o‘rtasidagi shartnoma 2020 yilgacha mo‘ljallangan edi. Shuni hisobga olsak, mamlakat futboli rahbariyati qarorini tushunish mumkin...

Kechagina Zayniddin Zidan o‘rnini qaysi mard murabbiy egallashini taxmin qilish ham mushkul edi. Axir CHLdagi qirollarga xos yurishni davom ettirish majburiyati har qanday mutaxassisni ikkilantirib qo‘yishi tayin. Qolaversa, «Real»ning kichik bir omadsizligi ham murabbiyni iste’foga yetaklaydi odatda.

Shuning uchunmi, bir qator tan olingan nomzodlar taklifga darhol rad javobi berishdi. Lekin ustamon Florentino Peres tezda kamikadze-murabbiyni topdi - Xulen Lopetegi. Ochig‘i, uni Ispaniya milliy jamoasiga rahbarlik qilishga chorlashganidayoq ko‘pchilik bir savolni o‘rtaga tashlagandi: «Lopetegi, kim u?»

Eng qiziq tomoni, Xulen bir urinishda «furiya roxa»ni yana ravon yo‘lga boshlaganiga qaramay, o‘sha savol hamon o‘z mohiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Darhaqiqat, senyor Lopetegi kim o‘zi? Xulen o‘smirlik chog‘i «Real Sosyedad» akademiyasida shug‘ullanish barobarida oilaviy kichik restoranda ishlagan. Biroq u klubning asosiy darvozaboni maqomini ololmagan. Keyinchalik Xulenni «Barselona»ga taklif qilishadi, ammo chekiga yana zaxirani «isitib o‘tirish» tushadi.

Xullas, Lopetegi futbolchilik faoliyati davomida kamtaringina «Logronyes» va «Rayo Valyekano» klublarida biroz muvaffaqiyatli o‘ynagan, xolos.

Xulen qo‘lqoplarini mixga ilgach, darhol murabbiylik faoliyatini boshlab yubordi - sobiq ustozi Xuan Santisteban taklifiga ko‘ra, Ispaniya o‘smirlar termasi (U-17)da assistent rolini bajardi. Ispanlarning JCH finalida braziliyaliklarga qarshi o‘ynashgani Lopetegiga ijobiy ta’sir qilgani aniq.

Qisqasi, yosh mutaxassis kichik mundialdan so‘ng «Rayo Valyekano» boshqaruvini qo‘lga oldi, ammo bir necha oyga cho‘zilgan ishi hech qanday natija bermadi. Oqibatda Xulen murabbiylikni chetga surib, o‘zini TVga urdi. Ya’ni ekspert va sharhlovchi rolida namoyon bo‘ldi.

Biroq yangi yo‘nalishdan o‘zi istagan rohatni topmadimi, avvaliga «Real»ning xalqaro skauting bo‘limida ishladi, keyin bir mavsum «Kastilya»ga ustozlik qildi.

Klub prezidenti lavozimi Ramon Kalderondan Florentino Peres qo‘liga o‘tgach esa, Lopetegi ko‘plab mutaxassislar qatori «galaktikos» tizimidan chetga chiqdi.

Taqdir ekan, «Qirollik klubi»dan ketish murabbiyga katta zafarlar yo‘lini ochdi. Zero...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 25.06.2018.
O'qildi: 8102 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.