Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

JCH-2018 geografiyasi yoxud boshqa davlatda tug‘ilib, o‘zga yurt sharafini himoya qilayotgan futbolchilar

JCH-2018 geografiyasi yoxud boshqa davlatda tug‘ilib, o‘zga yurt sharafini himoya qilayotgan futbolchilar

Baho:
+1 | -

Rossiyada davom etayotgan mundialda Gollandiya va Italiya terma jamoalari yo‘q, ammo gollandiyaliklar ham, italiyaliklar ham bor.

Argentina termasida esa Fransiya fuqarosi Lionel Messi bilan yonma-yon to‘p surdi. Bitta milliy jamoa tarkibida naq 17 nafar mahalliylashtirilgan futbolchi (!) borligiga nima deysiz?

Soccer.ru saytining tinib-tinchimas muxbirlari aynan o‘ziga xos «pasport nazorati» o‘tkazib, Rossiya mundialida qatnashayotgan o‘yinchilarning qaysi davlatlarda tug‘ilganlarini aniqladi.

Ishoning, buning ortidan juda qiziqarli faktlar yig‘ildi, terma jamoalarning zamonaviy instituti haqida muayyan tushuncha hosil bo‘ldi.

***** Bugungi Fransiya termasi tarkibidagi ikki nafar futbolchi Yevropa tashqarisida tug‘ilgan. Himoyachi Samuel Yumtiti Kamerunda dunyoga kelgan. U ko‘p bolali oilaning to‘rtinchi farzandidir.

Darvozabon Stiv Mandandaning kindik qoni to‘kilgan joy ham Afrikada - Kongo. Farqli tomoni shuki, Stiv oiladagi kenja farzand emas, balki 4 nafar aka-ukaning to‘ng‘ichi hisoblanadi.

***** Fransiya milliy jamoasi «zayavka»siga tushgan 17 nafar (!) futbolchining ajdodlari Afrikadan. To‘g‘ri, ularning tug‘ilgan manzillari va pasportlari hamda bobokalonlari yurtlari o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.

Deylik, LyukaErnandesning otasi Ispaniyada tug‘ilgan va himoyachining o‘zi «Atletiko» maktabida tahsil olgan. Lekin u «Real»dagi ukasi Teo kabi Marselda dunyoga kelgan.

**** Fransuzlar o‘z tarixlarida birinchi va hozircha oxirgi marta jahon chempioni bo‘lishganida, kubokni hammadan oldin boshi uzra baland ko‘tarish hozirgi jamoa bosh murabbiyi Didye Deshamga nasib etgandi.

Uning ajdodlari Baskoniyadan, shuningdek, o‘sha jamoa yetakchisi ZayniddinZidanning bobolari jazoirlik, o‘zi esa marsellik. Yuri Jorkayeff umuman 3ta millatga mansub - arman, qalmiq, polyak.

***** Qolgan jamoalar tarkibida Fransiya pasportiga ega 29 nafar futbolchi bor! Fransiya shuningdek, bitta ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi: JCH-2014da fransuzlar o‘lkasida tug‘ilgan 47 nafar futbolchi ishtirok etgandi, hozir bundaylar soni 50 nafar.

Boz ustiga, Braziliyaga pasport bo‘yicha 16 nafar «fransuz» bilan borgan Jazoir termasi Rossiya mundiali chiptasini qo‘lga kiritolmadi.

***** Boshqa ishtirokchilar safida braziliyalik futbolchilar ham bor. To‘g‘ri, bundaylar atigi 5 nafar - Rossiya termasi vakili Mario Fernandes, portugaliyaliklar tarkibidagi PepeDiyego Kosta va Rodrigo (Ispaniya), shuningdek, «polyak» Tiago Sionek.

Aytgancha, Polsha terma jamoasi safiga mutlaqo kutilmagan holda qo‘shilgan himoyachi Kuritibada tug‘ilgan.

***** Butun JCH tarixidagi eng kutilmagan «fransuz» - Gonsalo Iguain. Bu hujumchi Brest shahrida tug‘ilgan va 10 oy Fransiyada yashagan (otasi shu mamlakatda o‘ynardi).

E’tiborlisi, «Pipita» keyinchalik Fransiya pasportini oldi va xuddi David Trezege kabi mamlakat terma jamoasi safida o‘ynashi mumkin edi.

Darvoqe,  Davidning otasi Xorxe Trezege Argentina termasi sharafini himoya qilgan. Taqdirning achchiq qismati ekan, katta Trezege ham, kichigi ham JCH finalining hal qiluvchi pallasida omadsizlikka yuz tutgan.

***** Marokash termasi futbolchilarni mahalliylashtirish bo‘yicha turnir chempionidir. AFK vakili tarkibida Rossiyaga kelgan naq 17 nafar o‘yinchi jomadonida boshqa mamlakat pasporti ham bor. Boz ustiga, marokashliklar faqat yevropaliklar emas, boshqa qit’adan ham nomzod topishgan.

Demak, 8 nafar fransiyalik, 5 nafar gollandiyalik, 2 nafar ispaniyalik va yagona belgiyalikdan tashqari, tarkibda ...Kanada fuqarosiga ham joy ajratilgan. Aniqroq aytsak, darvozabon Yosin Bunu Monrealda tug‘ilgan.

To‘g‘ri, ayni payt «Jirona» klubi sharafini himoya qilayotgan Bunu 6 yoshligidan buyon Ispaniyada yashamoqda.

***** Jahon chempionatida gollandiyaliklar safi ancha keng - 7 nafar futbolchi. Ya’ni Marokash termasidan joy olgan «golland»lardan tashqari, Nigeriya jamoasi safida ham «lolalar yurti»da tavallud topgan va mamlakat pasportini olgan ikki o‘yinchi bor.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 02.07.2018.
O'qildi: 7882 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.