"Napoli"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Sarri "Chelsi"ni boshqarishga yaqin turibdi.
Londonliklar italiyalik mutaxassisning tayinlangani haqida 9 iyul kuni e’lon qilishlari kutilmoqda. O‘sha kuni JCH-2018da ishtirok etmayotgan barcha futbolchilar klub qarorgohiga qaytadilar.
Jamoaning amaldagi ustozi Antonio Konte mavsumoldi rejalarini tuzganiga qaramay, Sarri "ko‘klar"ni boshqaradi.