Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbek boksi yulduzlari yosh avlodni sportga qiziqtirmoqdalar

O‘zbek boksi yulduzlari yosh avlodni sportga qiziqtirmoqdalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, bugungi kunda shaxsan mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan O‘zbekistonda sport eng quyi bo‘g‘indan boshlab rivojlantirilmoqda. Yurtimizdagi yuqori sport tashkilotlariga bu eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan.

Bu borada Milliy olimpiya qo‘mitasi bir qancha sport federasiyalari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston boks federasiyasi ham bu borada keng qamrovli ishlar olib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Yunusobod tumanida joylashgan 304 va 519-maktabgacha ta’lim muassasalarida yurtimizning yetakchi charm qo‘lqop ustalari Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov, Mahmud Gaipov va Shunqor Abdurasulovlar ishtirokida o‘tkazildi. Unda boksimiz yulduzlari jajji bolajonlarimiz bilan uchrashishdi. Tadbir davomida ular maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan muloqotda bo‘lishdi va master-klass namoyish etib berishdi. Bolajonlar bokschilar ishtirokidagi mashqlarni maroq bilan tomosha qildilar.

Tadbir yakunida bokschilarimiz O‘zbekiston boks federasiyasi nomidan bolakaylarga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:32, 06.07.2018.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.