Kirish Ro'yxatdan o'tish

Espi avval «Barselona»ga taklif qilingani ma’lum bo‘ldi

Espi avval «Barselona»ga taklif qilingani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» Karlos Espini «Real»ga o‘tishidan oldin o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo transfer xarajatlari yuqoriligi sabab bu variantdan voz kechgan.

Kataloniyaning Que t'hi Jugues radiodasturida jurnalist Sike Rodrigesning ma’lum qilishicha, Espi «Real»ga o‘tishidan avval «Barselona»ga taklif qilingan.

Kataloniya klubining moliyaviy holati ushbu qarorda asosiy omillardan biri bo‘lgan.

«Karlos Espi «Barselona»ga taklif qilingan, ammo klub uning narxi sabab bu imkoniyatni rad etgan», — dedi jurnalist.

Shundan so‘ng «Real» 19 yoshli hujumchini «Levante»dan o‘z safiga qo‘shib oldi.

Baland bo‘yli forvard La Ligadagi debyut uchrashuvida «Espanyol»ga qarshi bahsning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 90-daqiqada hal qiluvchi golni urdi.

Kiritildi: 19:23, 28.08.2026.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик