Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”: O‘zaro o‘yinlar tarixidan

“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”: O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Avval xabar berib o‘tganimizdek, PEPSI superligasi 16-turida jamoamiz Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi. Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

 

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 7 marta to‘qnash kelishgan.

“Lokomotiv” o‘yinlarning 4 tasida zafar quchgan, 3 ta bahsda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 15-5, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Temiryo‘lchilar” 15 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 3 tani tashkil etadi.


Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

7.04.2018 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:1

25.10.2017 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 3:0

17.05.2017 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1

14.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 4:0

30.05.2016 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3

16.10.2015 “Qo‘qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2

24.05.2015 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:0

Fakt: Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan 3 ta uchrashuvning ikkitasida durang natija qayd etilgan.

 

385-uchrashuv arafasida

«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 385 -o‘yinini o‘tkazish arafasida. 13-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 384 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shularning 137 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 56 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 191 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 512 – 713. Umumiy ochkolar 467tani tashkil etadi.

PEPSI Superliga 16-tur doirasidagi “Lokomotiv” bilan bo‘ladigan uchrashuv jamoamizning O‘zbekiston chempionatidagi 385-o‘yini sifatida tarixda qoladi.


Hakamlar

Turning qiziqarli kechishi kutilayotgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi.

Ushbu hakam Pepsi Superliganing 9-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvini ham boshqargandi. O‘sha bahsda vkakillarimiz g‘alaba qozonishgan.

 

Pepsi Superliga.

16-tur

9 iyul (dushanba)

“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”

Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Xusniddin Shodmonov (Buxoro), Aleksandr. Burov (Toshkent), Dauletbay Jalimov (Nukus).

Nazoratchi – Konstantin Smirnov (Qarshi).

Komissar — Ma’mur Saidqosimov.

 

Boshlanish vaqtlari

“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi 9 iyul kuni Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda soat 19:00da boshlanadi. Ertaga esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘ynaydi. Uchrashuv soat 17:30da Uchko‘prikdagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Barcha muxlislarimizni stadionga chorlab qolamiz.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 11:22, 07.07.2018.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик