Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Ugo Lyoris: «Shohsupaga chiqish yo‘llarini qidiryapmiz»

Ugo Lyoris: «Shohsupaga chiqish yo‘llarini qidiryapmiz»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubi hamda Fransiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Lyoris urugvayliklarga qarshi kechgan chorak final bahsining bosh qahramonlaridan biriga aylandi.

U uchrashuvdan so‘ng hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan ajobtovur harakati - fantastik «seyv»ni omadga yo‘ydi, lekin Rossiyadan oltin medal bilan qaytishni rejalashtirayotganini yashirmadi.

- Lyoris, jamoadoshingiz hisobni ochganidan ke-yin raqib faollikni oshirib, darvozangiz oldida xavfli vaziyatlarni ko‘paytirdi. Jumladan, Martin Kaseres tomonidan bosh bilan yo‘llangan zarba Rafael Varan gol urgan vaziyatning asl nusxasi bo‘ldi.

Muhimi, urugvaylik ampluadoshingizdan farqli o‘laroq, to‘pni qaytardingiz. Qo‘shimchasiga, Godinning bir qadam masofadan aniq zarba yo‘llashiga imkon qoldirmadingiz.

- Bilasizmi, o‘yindagi umumiy vaziyat shunchalik tez o‘zgaradiki, o‘ylashga umuman vaqt bo‘lmaydi. To‘pni darvoza to‘sini ostidan qaytargach, Godin qarshisiga otildim.

Aks holda, u darvozani zabt etardi. Shu tariqa kichik ustunlikni saqlagan holda, tanaffusga yo‘l oldik. Menimcha, ushbu omadli harakatim jamoamiz muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi.

- Keyin Antuan Grizmann olis masofadan zarba bergach, Muslera xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z darvozasidan ikkinchi marta to‘p olib chiqdi...

- Bu omadsizlik Musleraning futbol olamidagi yuksak nufuziga rahna solmaydi aslo. U dunyoning eng mohir golkiperlaridan biridir. Shaxsan men Fernandoni qattiq hurmat qilaman. Chunonchi, juda ko‘p murakkab vaziyatlarda Urugvay termasini gollardan qutqarib qolgan.

Nafaqat Rossiya mundialida, boshqa ko‘plab yirik musobaqalarda ham. Shunchaki, bu safar omadi yurishmadi. Bu kabi xatolar - futbolning bir bo‘lagi. Darvozabon so‘nggi marrani qo‘riqlaydi va uning xatosini tuzatish imkoniyati yo‘q. Qaytaraman, Muslera o‘z ishining chin ustasi va tanqidga loyiq emas.

- Balki gap to‘pdadir... Axir JCH-2018da bunday xatolar ko‘p kuzatildi. Mundial uchun tanlangan maxsus to‘p haqida nima deya olasiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:55, 10.07.2018.
O'qildi: 3141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик