Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

"Chig‘atoy"da hakamlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

"Chig‘atoy"da hakamlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun 11 iyul kuni “Chig‘atoy” sport bazasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov, Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, boshqarmaning boshqa mutasaddi xodimlari hamda Superliga va Pro-liga o‘yinlarini boshqarib kelayotgan hakamlar ishtirok etishdi. 

Xabaringiz bor, “Pepsi” superligasining “So‘g‘diyona” — “Metallurg” o‘yinida ishlagan Aziz Asimov hamda “Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” uchrashuvini boshqarib borgan Ilgiz Tantashevlar bellashuvlar natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi bir qancha xatolarga yo‘l qo‘ygan sabab Superliga hamda Pro-Liga o‘yinlaridan chetlashtirilgan edi.

Ushbu yig‘ilish davomida yuqorida nomlari qayd etilgan hakamlarning o‘yinlarda qilgan xatolari muhokama qilindi. Xususan Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov bu ikki hakamga qo‘llanilgan choralar qolgan hakamlar uchun dars bo‘lishi kerakligi, o‘yinlarni halol va sidqiqdildan boshqarish shart ekanligini aytib o‘tib, hakamlarga o‘z ustilarida ko‘proq ishlashni, o‘yindan o‘yinga yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni kamaytirib borish shart ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqa hakamlarning o‘yin davomidagi xatti-harakatlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, “AGMK”-“Neftchi” o‘yinini boshqargan Temur To‘xtasinovning hakamlik ishi ham tanqidiy tahlil qilindi va uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari ko‘rsatib o‘tildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:32, 11.07.2018.
O'qildi: 3548 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик