Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi rahbariyati Ammanda Butunjahon karate federasiyasi Prezidenti Antonio Espinoz bilan uchrashdi

O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi rahbariyati Ammanda Butunjahon karate federasiyasi Prezidenti Antonio Espinoz bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro do‘stlik rishtalarini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu yo‘lda mamlakatimizdagi sport federasiyalariga ham o‘ziga yarasha topshiriqlar berilgan.

Shu munosabat bilan, bugun 12 iyul kuni O‘zbekiston karate Milliy Federasiyasi rahbariyati Butunjahon karate federasiyasi Prezidenti Antonio Espinoz va tashkilot Bosh kotibi Toshixasa Nagura bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistondagi karate rivoji, sportning ushbu turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘z navbatida, janob Espinoz O‘zbekistonda nafaqat karate, balki butun sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi Nurxon Nafasov Antonio Espinozni mamlakatimizga taklif qildi. Bunga javoban Butunjahon karate federasiyasi rahbari Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonovga o‘z salomini yo‘lladi va yaqin kelajakda Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekistonda Markaziy Osiyo karate markazini ochish taklifini bildirdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:34, 12.07.2018.
O'qildi: 2303 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик