"Chelsi" klubi rahbariyati bosh murabbiy Antonio Konteni iste’foga chiqardi. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Yaqin kunlarda Maurisio Sarri «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.
Antonio Konte «Chelsi» boshqaruvida 2 yil ishladi hamda APL va Angliya kubogida g‘olib chiqdi. Mutaxassis faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hozircha aniq emas.