Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Professional ringda muvaffaqiyatli odimlayotgan hamyurtlarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

Professional ringda muvaffaqiyatli odimlayotgan hamyurtlarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ertaga, 15 iyun kuni tongda bir yo‘la uch nafar professional bokschimiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadilar.

Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov mezbon bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi. Taqqoslash uchun Fazliddin shu kungacha prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasida nokaut). Uning raqibi esa beshta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4 tasida nokaut).

Jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari finalchisi Shahram G‘iyosov meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi jang o‘tkazadi. Shahram prof ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularning har ikkisida g‘alaba qozongan (1ta nokaut). Meksikalik bokschi esa 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchratgan (2 tasi nokaut).

Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevga esa argentinalik Luis Fernando Molina raqiblik qiladi. Ahmadaliyev bungacha ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Molina esa 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut). 4 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.

Bugun har uchchala bokschimiz jang oldidan vazn o‘lchash marosimlarida ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi mazkur bahslarda bokschilarimizga omad tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:16, 14.07.2018.
O'qildi: 6530 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.