Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

JCH-2018. Bugun — final! (prevyu)

JCH-2018. Bugun — final! (prevyu)

Baho:
+ | -1

Rossiyadagi jahon chempionati o‘zining finish chizig‘iga yetib keldi. Bugun jahon chempioni aniqlanadi. Moskvadagi "Lujniki" stadionida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Mazkur o‘yinga qisqacha prevyu shaklida to‘xtalib o‘tamiz.

JCH-2018. Final
Fransiya – Xorvatiya
15 iyul, 20:00, Moskva, Lujniki
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

Fransiya musobaqa oldidan chempionlikka da’vogar terma jamoalardan biri sifatida tilga olingan bo‘lsa, Xorvatiya dastlabki o‘yinlardanoq turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkinligi sezilgandi. Fransuzlar finalda favorit, ammo xorvatlardan har qanday natija kutish mumkin. Dalich shogirdlari musobaqa davomida tajavuzkor o‘yin namoyish qilib kelayotgan bo‘lishsa, Didye Desham esa ko‘proq jipslashgan jamoa sifatida ko‘proq pragmatik o‘yinga ko‘proq urg‘u bermoqda. Fransiya termasi 6ta uchrashuvning 4tasida o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishmadi. Grizmann, Mbappe va Jiru kabi hujum chizig‘i vakillari ham himoyaviy o‘yinda to‘liq ishtirok etishmoqda. Jamoa chiroyli o‘yinni biroz chetga surib, asosan natija uchun o‘ynamoqda, desak xato bo‘lmaydi. Fransuzlar o‘zlarining ustun tomonlaridan maksimal foydalanishmoqda: qarshi hujumlarda Mbappening tezligi naf bermoqda, "standart"lar paytida markaziy himoyachilar raqib jarima maydonchasiga yetib kelmoqchi, maydon markazidagi kuchli "musht" (Kante, Pogba va Matyuydi) har qanday raqibning hujumini bo‘g‘ib qo‘ymoqda.

Fransiya terma jamoasining finalgacha bosib o‘tgan yo‘li
"S" guruhida 1-o‘rin: (Avstraliya – 2:1, Peru – 1:0, Daniya – 0:0)
1/8 final: Fransiya – Argentina – 4:3
1/4 final: Urugvay – Fransiya – 0:2
1/2 final: Fransiya – Belgiya – 1:0

Xorvatiya terma jamoasi 10 kun ichida 3ta 120 daqiqalik o‘yinda ishtirok etdi va finalgacha yetib keldi. Yarim final bahsidan oldin ularning charchab qolgani haqida gap-so‘zlar bo‘lgandi. Ammo Angliyaga qarshi o‘yin shuni ko‘rsatdiki, Dalich o‘z shogirdlarini musobaqaga jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorlagan. "Shaxmatranglilar"ning o‘yini Luka Modrichga bog‘liq. Bejizga u terma jamoasi ishtirokidagi 3ta bahsda eng yaxshi futbolchi deb topilmadi.

Xorvatiya finalda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, jahon futboli tarixida yangi chempion jamoa paydo bo‘ladi. Fransiya g‘olib chiqsa, "uchranglilar" ikki karra jahon chempioniga aylanishadi.

Xorvatiya terma jamoasining finalgacha bosib o‘tgan yo‘li
"D" guruhida 1-o‘rin: (Nigeriya – 2:0, Argentina – 3:0, Islandiya – 2:1)
1/8 final: Xorvatiya – Daniya – 1:1 (penaltilar bo‘yicha - 3:2)
1/4 final: Rossiya – Xorvatiya – 2:2 (penaltilar bo‘yicha - 3:4)
1/2 final: Xorvatiya – Angliya – 2:1 (asosiy vaqt - 1:1, qo‘shimcha taymlar 1:0)
    
Qiziqarli faktlar

– Xorvatiya ilk marta Mundial finaliga chiqdi. Fransiya uchun esa bu uchinchi final bo‘ladi. Ular JCH-1998da g‘olib chiqqan bo‘lsalar, JCH-2006da Italiyaga yutqazishgan.

– Xorvatiya Fransiya bilan 5 marta to‘qnash kelib, biror marta g‘alaba qozonmagan: 3ta mag‘lubiyat, 2ta durang. Ularning ilk uchrashuvi JCH-1998ga to‘g‘ri kelib, fransuzlar Lilian Tyuramning dubli evaziga g‘alaba qozonishgan.

– Mundiallar tarixida 3ta finalda overtaymlar belgilangan. Ulardan ikkitasi penaltilar seriyasigacha yetib borgan (J-1994 va JCH-2006).

– Didye Desham ham futbolchi, ham murabbiy sifatida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan uchinchi shaxsga aylanishi mumkin. Shu paytgacha bunday natijaga Mario Zagallo (Braziliya) va Frans Bekkenbauer (Germaniya) erishgan.

Tarkiblar
Finalchilarda tarkib borasida deyarli muammolar yo‘q. Faqat xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Perishich final oldidan mustaqil shug‘ullandi. Shunga qaramay, u bugun maydonga tushsa kerak.

Didye Desham va Zlatko Dalich yarim finalda maydonga tushirgan boshlang‘ich tarkibga o‘zgartirish kiritishmasa kerak. Taxminiy tarkiblar quyidagicha:

Fransiya: Lyoris – Pavar, Varan, Umtiti, Ernandes – Kante, Pogba, Matyuydi – Mbappe, Jiru, Grizmann.

Xorvatiya: Subashich – Vrsalko, Lovren, Vida, Strinich – Brozovich – Rebich, Modrich, Rakitich, Perishich – Manjukich.

Fiklar:

Didye Desham (Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi):
— Finalda o‘ynashnin o‘zi katta yutuq. Jahon chempionatining finalidan ortiqroq chiroyli narsa bo‘lmasa kerak. Hal qiluvchi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha ishni qilamiz. Uchta muhim narsani aytaman: xotirjamlik, konsentrasiya va ishonch.

Zlatko Dalich (Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi):
— Bu hayotimizdagi eng muhim o‘yin bo‘ladi. Xorvat xalqi uchun bu eng asosiy o‘yin. Agar mag‘lubiyatga uchrasak, buni munosib tarzda uddalashni istaymiz. Agar Kubokni qo‘lga kiritsak, buning uchun bizdan ko‘ra ko‘proq faxrlanadigan odamlar bo‘lmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:17, 15.07.2018.
O'qildi: 5326 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.