Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Prezident xonimga istisno yoxud Xorvatiya prezidenti haqida

Prezident xonimga istisno yoxud Xorvatiya prezidenti haqida

Baho:
+ | -

Xorvatiya prezidenti - go‘zal xonim. Biroq uni Rossiyaga qarshi kechgan chorak final o‘yinida ham VIP-lojada o‘tirmasligi aytilgandi. Yana... 2015 yili rahbar ayolning suratlari internet olamini portlatib yuborgandi, go‘yo.

«Xorvatiya prezidenti ta’tilda. Shunday hurliqo prezidentga ega bo‘lishni xohlarmidingiz?» - bu suratlarga berilgan sanoqsiz izohlarning qisqacha mazmuni.

Xo‘sh, Xorvatiyaning birinchi raqamli fuqarosi haqida nimalar ma’lum? Kolinda Grabar-Kitarovich - go‘zal xonim, shubhasiz. U sport shaydosi - Xorvatiyaning nafaqat futbol, balki basketbol, gandbol, voleybol va suv polosi terma jamoalari o‘yinlarini bevosita tomosha qilishni xush ko‘radi.

Grabar-Kitarovich JCH-2018 1|8 finalidan o‘rin olgan Xorvatiya - Daniya o‘yinini stadionda kuzatish uchun Rossiyaga ekonom-toifa samolyotida uchib keldi va salondayoq oddiy kishilarning birga suratga tushish haqidagi iltimoslariga ortiqcha gap-so‘zsiz rozi bo‘ldi.

Albatta, Kolinda nimchorak final bahsida o‘z mamlakati jamoasining asosiy muxlisasiga aylandi, ammo VIP-lojada FIFA prezidenti yonida o‘tirgani yo‘q. Nega? Quyidagi maqola shu haqda.

Styuardessa bo‘lmoqchi edi...

Kolinda Grabar-Kitarovich Riyeka yaqinidagi qishloqda ulg‘aygan va siyosiy faoliyat haqida o‘ylagan ham emas. U styuardessa bo‘lish va dunyo kezishni orzu qilardi. Futbol va ov - jonu dili. Kolinda xorij tillariga qiziqdiyu, hammasi o‘zgarib ketdi.

Maktabda a’lo baholarga o‘qigan qiz AQSHda grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritdi va okean ortida ingliz tili bo‘yicha bilimini maksimal darajada boyitdi.

Xullas, Xorvatiyaga jiddiy maqsadlar bilan qaytgan Kolinda xalqaro munosabatlar yo‘nalishida magistr maqomini olishga ahd qildi. 24 yoshida esa Xorvatiya Fan va texnologiya vazirligining xalqaro hamkorlik departamenti maslahatchisi lavozimida ish boshladi.

Grabar-Kitarovich yana 10 yildan keyin mamlakat Tashqi ishlar vaziri darajasiga ko‘tarildi. 2015 yili esa Xorvatiya prezidenti lavozimiga bo‘lgan saylovda g‘olib chiqib, mamlakat tarixidagi ilk ayol rahbarga aylandi. To‘g‘ri, Xorvatiyada uning ayrim iqtisodiy islohotlariga qarshi chiqayotganlar ham bor.

Shunday bo‘lsada, Grabar-Kitarovich mamlakatdagi eng mashhur siyosiy arbob bo‘lib turibdi. Ayniqsa, Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruxani bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borganidan keyin jahon siyosiy arenasida ham hurmati oshdi.

Riyekalik oddiy ayol

Grabar-Kitarovich yuqori martabasiga qaramay, qishloqdan chiqqan oddiy va mehnatsevar ayol obrazini yo‘qotgan emas. Boshqacha aytganda, u yulduzlik kasalidan yiroq. Deylik, Rossiyaga chindan ham, ekonom-toifaga mansub samolyotda uchib keldi va ... oddiy tribinada o‘z mamlakati terma jamoasi muxlislari bilan birga o‘tirdi.

Gap shundaki, yirik siyosiy namoyandalar uchun mo‘ljallangan VIP-hududda qat’iy dress-kod o‘rnatilgan - hamma rasmiy liboslarda bo‘lishi shart. Shuningdek, muxlislik qilishda ma’lum qoidalar mavjud. Xorvatiya prezidenti esa futbolchilarni aynan jamoa libosida qo‘llab-quvvatlashni istadi.

«VIP-hududdagi dress-kodga ko‘ra, u yerda rasmiy libos - ko‘ylakda jimgina o‘tirishim kerak. Terma jamoa formasida o‘tirishga esa ruxsat yo‘q, — deya izohladi Kolinda Daniya termasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z qarorini.

— Afsuski, Modrich oxirida penaltidan foydalanolmadi, muhimi, darvozabonimiz 11 metrlik jarima zarbalari seriyasida jasorat ko‘rsatib, o‘yin qahramoni bo‘ldi va jamoamiz 1|4 finalga yo‘l oldi».

Oddiy aytganda, prezident xonim xalq orasida bo‘lishni ma’qul ko‘rdi. To‘g‘ri, ayrimlar Kolindani darhol ayblashga ham tushdilar: «U shunchaki, oddiylik niqobi bilan o‘zini ko‘rsatmoqda». Xorvatiyalik muxlislar esa xonimdan bag‘oyat xursandlar.

To‘liq ochilmagan mavzu

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:37, 16.07.2018.
O'qildi: 13091 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.