Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

MOQda yangi tashkil etilgan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati haqida

MOQda yangi tashkil etilgan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 507-sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

Bugun, 19 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida ushbu jamg‘arma vakillari ishtirokida matbuot anumani tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Jamoliddin Xolboyev, shuningdek, uning o‘rinbosari Akmal Babanovlar ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob qaytarishdi.

Jamg‘arma haqida

Davlatimiz rahbarining O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etishga oid qarorida bir qator vazifalar belgilab berilgandi. Ulardan biri Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqida bo‘lgandi. Shu munosabat bilan, 5 iyul kuni Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi negizida ushbu jamg‘armaga asos solindi.

Barchani bir savol qiziqtirmoqda. Yangi jamg‘arma avvalgisidan qanday farq qiladi? Bungacha ushbu tashkilot tomonidan ko‘plab loyihalar moliyalashtirilgan. Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun kurashgan sportchilarimiz ham ushbu jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ilgari 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar faoliyati moliyalashtirilgan va jamg‘arma tomonidan rag‘batlantirilgan. Endi esa ushbu yosh chegarasi olib tashlandi. Qolaversa, bungacha faqat bolalar sporti uchun mo‘ljallangan sport ob’ektlari qurilishida ushbu jamg‘arma qatnashgan. Endi esa Prezident topshirig‘iga asosan 4ta viloyatda Universal sport saroylari quriladi. Sport anjomlari xarid qilishda ham talabdan kelib chiqqan holda, sifatli inventarlar olib beriladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bolalar bog‘chalariga ham sport jihozlari olib berish rejasi ishlab chiqilgan va bu borada kelishuvga erishilgan. Bu ham Prezident Qarori asosida qo‘yilgan navbatdagi qadam hisoblanadi.

Jamg‘arma nimalarga pul ajratadi?

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi sportchi va murabbiylarimizni qo‘llab-quvvatlaydi, sport sohasida yutuqqa erishgan hamyurtlarimizni taqdirlaydi, rag‘batlantiradi. Xorijda tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarga pul ajratadi. Oldimizga katta maqsad va vazifalar belgilab berilgan. Quriladigan sport inshootlari nomiga emas, sifatli va talabga javob beradigan bo‘ladi.

Jamg‘arma qaysi manbaalar evaziga moliyalashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan jamg‘arma uchun homiylar biriktirilgan. Bugungi kunga kelib ular 92 foiz mablag‘ni jamg‘arma hisobiga o‘tkazib berishdi. Shuningdek, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda ishtiroklarini ta’minlash uchun xorijiy valyuta hisobi ham tashkil etilgan. Jamg‘arma mablag‘i sarflanishi borasida muntazam ravishda hisobot berib boriladi. Bu esa albatta shaffoflikni ta’minlaydi.

Jamg‘arma tomonidan qayerda sport zallari barpo etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga binoan jamg‘arma hisobidan Andijon, Samarqand, Buxoro va Toshkentda Universal sport majmualari barpo etiladi. Ushbu sport inshootlari 2018-2020 yillar davomida qurib, foydalanishga topshiriladi.

Matbuot anjumani davomida OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan ham murojaat qilishdi. Tadbir davomida shuningdek, barpo etiladigan “Sport” erkin iqtisodiy zonasi, oldinda turgan Osiyo o‘yinlari va boshqa masalalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:21, 19.07.2018.
O'qildi: 2505 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.