Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunlagan chempion shaxmatchilar Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi

Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunlagan chempion shaxmatchilar Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 7-15 iyul kunlari Shri-Lankada shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Qit’amizning 15 mamlakatidan 450 nafardan ortiq shaxmatchi qatnashgan musobaqadan o‘zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari yurtimizga 34 ta medal bilan qaytib kelishgandi.

Bugun qit’a birinchiligida umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimiz Milliy olimpiya qo‘mitasi tomondan taqdirlanishdi. Tantanali marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston shaxmat federasiyasi mutasaddilari, yosh chempionlar va ularning ota-onalari, murabbiylar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

«Sizlar bugungi kun qahramonisizlar. Buning uchun eng avvalo ota-onangizga rahmat aytishimiz lozim. Sizlar tengdoshlaringizga haqiqiy namuna bo‘la oldingiz. Aynan sizga qarab ular ham yuqori maqsadlar sari intiladilar. Shaxmat qiyin sport turlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun aqlan, ruxan va jismonan kuchli bo‘lish lozim.

Nasib qilsa, kelajakda sizlardan vatanimiz va jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan insonlar yetishib chiqadi», – dedi Jasur Matchanov.

Shundan so‘ng tadbir qahramonlariga Milliy olimpiya qo‘mitasining sovg‘alari – Samsung Galaxy Tab E planshetlari taqdim etildi. Sportchilarimiz murabbiyi Akmal Fayzullayev ham maxsus sovg‘a bilan taqdirlandi.

Humoyun Begmurotov (2 oltin, 1 bronza): «Bugun biz uchun yana bir ajoyib bayram uyushtirib berishdi. Bunday e’tibordan juda xursandmiz. Ushbu e’tirof, tilaklar bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Bundan keyin ham to‘xtab qolmasdan, o‘z o‘yinimni kuchaytirishga harakat qilaman. Orzuim – kattalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lish».

Laylo Rustamova (MTRK jurnalisti): «Farzandim Muhammadzohid Suyarov ilk marotaba mana shunday yuqori saviyadagi musobaqada – Osiyo chempionatida ishtirok etdi. U ishonchimizni oqladi va musobaqadan quruq qo‘l bilan qaytgani yo‘q. Bronza medali bo‘lsada, u sovrindorlar qatoridan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi. Umid qilamanki, keyingi musobaqalargacha u yanada tajriba orttiradi. U 2,5 yildan buyon shaxmat bilan shug‘ullanadi. To‘g‘ri, bu shaxmat uchun oz muddat. Shaxmatchi bola boshqalardan farq iqladi. Ular intellektual jihatdan ko‘p mehnat qilishadi. Ba’zida biz bolalarni dam olishi uchun ko‘chaga «haydab solishimizga» to‘g‘ri keladi. Bolada shaxmatomaniya «kasalligi» bo‘lmasa bunday tartibga sabri chidamaydi.

Mamlakatimizda g‘olib va sovrindorlarga qaratilayotgan e’tibor kishini xursand qilmay qolmaydi. Milliy olimpiya qo‘mitasi iste’dodlarni oddiy sovg‘alar bilan emas, aynan ular uchun kerak bo‘lgan mukofotlar bilan taqdirlamoqda. Masalan, endilikda farzandim og‘ir notbukni ko‘tarib yurmaydi. U partiyadagi yurishlarni yangi planshetida tomosha qiladi».

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati davomida Umida Omonova, Humoyun Begmurotov, Afro‘za Hamdamova, Davlatbek Mahmudjonov, Sitora Saparova, Muhammadali Abdurahmonov, Olmos Rahmatullayev, Ali Qosimov, Abdimalik Abdisalomov, Ruqiya Olimova, Zilola Aktamova, Tohir Ne’matov, Mohinur Xabibullayeva, Muhammadzohid Suyarov kabi yosh yurtdoshlarimiz shaxmatning standart, blis va rapid yo‘nalishlarida zafarli yurishni amalga oshirib, shohsupaga ko‘tarilishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:18, 19.07.2018.
O'qildi: 3074 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик