Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Superliga. “Nasaf” - “Qo‘qon-1912”. Prevyu

Superliga. “Nasaf” - “Qo‘qon-1912”. Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 18-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv 23 iyul dushanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 21:00da boshlanadi.

Superliga. 18-tur

“NASAF” - “QO‘QON-1912”

23.07.2018. “Markaziy” stadion. 21:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov (Navoiy), Obid Jumayev (Navoiy)

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent)

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)

Komissar: Roman Chernikov.


O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar shu paytgacha milliy chempionatimizda o‘zaro 17 marta tuqnash kelishgan. Shundan 12ta uchrashuvda "Nasaf" g‘alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Eng qiziqarlisi jamoalar o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida durang natija qayd etiishgan. Bu durang shu yili Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilgan edi.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida 35-19.

 

Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

 

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, qiziqarli faktlarga duch kelamiz. Bu jamoalar shu paytgacha Qarshida jami 8 marta o‘zaro kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning barchasida mezbonlar g‘alabaga erishgan. Bo‘lib o‘tgan 8 uchrashuvning faqat bittasida qarshiliklar bitta gol urishgan, qolgan uchrashuvlarda esa uchtadan kam gol urishmagan. Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 30ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 25-5ni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Qo‘qon shahrining jamoasi 2002 yildan hozirgi nomi bilan, milliy chempionatimizda ishtirok etmoqda. Bungacha jamoaning nomi “Temiryo‘lchi” bo‘lgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:

06.08.2017. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 3:0

15.04.2016. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 1:0
02.04.2015. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 3:0
18.06.2003. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 4:0
24.08.2002. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 4:1
19.04.2000. “Nasaf» - “Temiryo‘lchi” 3:1
11.09.1999. “Nasaf» - “Temiryo‘lchi” 3:2

02.10.1998. “Nasaf” – “Temiryo‘lchi” 4:1


O‘zaro uchrashuvlardagi yirik hisoblar

 

"Nasaf"ning o‘zaro uchrashuvlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. “Qo‘qon-1912”da bu ko‘rsatkich 3:0ga teng. Tarixda qolgan bu uchrashuvlar 2003 yili bo‘lib o‘tgan, “Nasaf” – “Temiryo‘lchi” 4:0 uchrashuvida jamoamizning o‘tmishdagi to‘purari – Zafar Xolmurodov xet-trik qayd etgan va Dilshod Mavlanov bir marta gol muallifi bo‘lgan. Ikkinchi davrada Qo‘qonda bo‘lgan uchrashuvda esa Shuhrat Rahmonqulov dublni nishonlagan, Shuhrat Yusupov esa "Nasaf" darvozasiga bitta to‘p yo‘llagan.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 18-uchrashuv sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Bu uchrashuv, “Nasaf”ning oliy ligadagi 636- uchrashuvi hisoblanadi.

 

Ushbu uchrashuv qanday yoritiladi?

Bo‘lajak uchrashuvni odatdagidek "Nasaf"ning rasmiy sayti orqali to‘liq onlayn matnli translyasiya qilinadi. Bundan tashqari klubning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy kanallari orqali ham uchrashuvga oid ma’lumotlar berib boriladi. Shuningdek uchrashuv mycujoo.com sayti orqali xodimlarimiz tomonidan onlayn videotranslyasiya qilinadi. Uchrashuv Sport telekanali orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinishi rejalashtirilgan.

 


"Nasaf" kelayotgan dushanba kuni barcha futbol ishqibozlarini “Markaziy”ga stadioniga chorlab qoladi.

 

“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” jamoalarining o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv har doimgidek Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlar qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 22 iyul yakshanba kuni soat 18:30da boshlanadi.

 

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 10:08, 21.07.2018.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.