Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Bolalar futboli. Samarqandda “Amir Temur” kubogi doirasida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bolalar futboli. Samarqandda “Amir Temur” kubogi doirasida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bolalar orasida futbolni targ‘ib qilish, yanada ommaviylashtirish bilan bir qatorda ularga tarixiy siymolarimizni yaqindan tanishtirish maqsadida hududlarda ulug‘ allomalarimiz, buyuk tarixiy shaxslar nomi bilan musobaqalar tashkil qilinayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.    Kuni kecha Farg‘onada “Al Farg‘oniy” Kubogi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, ayni kunlarda Samarqandda buyuk bobokalonimiz Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan «Amir Temur Kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tyapti.    2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasidagi turnirda 12ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borishyapti. O‘FA bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda faqat futbol bilan cheklanib qolmay, yoshlarni dunyoqarashini kengaytirishni ham maqsad qilgan. O‘zbekiston tarixini yaqindan tanishtirish va yashayotgan zamini qanchadan -qancha buyuk mutafakkirlarga boy bo‘lganini anglatish yo‘lidagi ilk qadami sifatida, kecha bolajonlar uchun Samarqandning tarixiy obidalariga ziyorat uyushtirildi. Samarqand FA va viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda 100 nafardan ortiq bola ishtirok etdi. Avvalo, Registon, keyin Go‘ri Amir maqbarasi ziyerat qilindi. Shu bilan birga O‘zbekistonning 1-Prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilgan bog‘da ham madaniy kecha tashkil qilindi.    Ertaga musobaqaning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda «Odil Junior» jamoasi Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi bahs olib boradilar. Buxoroning BO‘SM28 va Guliston klublari bronza medallariga ega chiqdilar.    Kubok topshirish marosimi musobaqaning nomiga monand “Amir Temur” haykali qarshisida bo‘lib o‘tadi.  


Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:38, 21.07.2018.
O'qildi: 2696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик