Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

Sport kurashlari. Osiyo chempionatining so‘nggi kunida oltin va kumush qo‘lga kiritdik

Sport kurashlari. Osiyo chempionatining so‘nggi kunida oltin va kumush qo‘lga kiritdik

Baho:
+ | -

Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

Musobaqa o‘zbekistonlik yosh polvonlar uchun omadli keldi. Bugun chempionatning so‘nggi kuni doirasida erkin kurash bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

-61kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abbos Rahmonov turnir davomida Janubiy Koreya, Tojikiston, Xitoy va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. -125kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Hasanboy Rahimov Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya vakillaridan ustun kelib, finalga yo‘l olgandi. Hal qiluvchi jangda esa u eronlik polvonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, musobaqa davomida yunon-rum kurashi bahslarida Temurmirzo Mamajonov (oltin), Kamol Qo‘ziyev (kumush), Mahmud Bahshilloyev (bronza), To‘rabek Tirkashev (bronza), ayollar kurashida Nabira Yesenbayeva (kumush) va Bahtigul Baltaniyazova (bronza), erkin kurashda esa G‘ulomjon Abdullayev (oltin), Abbos Rahmonov (oltin), Hasanboy Rahimov (kumush) Muhammadrasul Rahimov (bronza) sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan 10 ta medal (3ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza) bilan qaytadigan bo‘ldi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:02, 22.07.2018.
O'qildi: 2338 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик