Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Klublar yozgi transferda 97 futbolchi bilan xayrlashdi. PFL ularning hammasi bilan bog‘landi

Klublar yozgi transferda 97 futbolchi bilan xayrlashdi. PFL ularning hammasi bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 15 iyulga qadar davom etgan yozgi transfer oynasida 97 futbolchini yangi jamoalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Endilikda o‘z klubi bilan xayrlashayotgan har bir futbolchi yoki murabbiy bilan PFL alohida bog‘lanmoqda. Ya’ni, jamoadan ketayotganlar bilan avval to‘liq hisob-kitob qilinsinki, shundan keyingina ularning o‘rni yangilar bilan to‘ldirilsin.

PFLning “Sport bo‘limi” mutaxassislari yozgi transferlar paytida klubini o‘zgartirgan futbolchilarning sobiq jamoasi bilan hisob-kitobi to‘liq yakunlangan yoki yo‘qligi borasida surishtiruv o‘tkazdi. Klublar va futbolchilar bilan birma-bir aloqaga chiqib, ular tomonidan PFLga taqdim etilgan hujjatlar “elakdan” o‘tkazilganida ma’lum bo‘ldiki, jamoasini almashtirgan 97 futbolchidan faqatgina 4 nafari bilan hozircha to‘liq hisob-kitob qilinmagan.

Yozgi tanaffus paytida rossiyalik Igor Golban va tojikistonlik Jahongir Aliyev “Nasaf” bilan xayrlashgan. Biroq futbolchilarning klubda pullari qolib ketgan. “Nasaf” va futbolchilar imzo chekkan kelishuv bitimida mavjud qazdorlik 31 iyulga qadar to‘liq bartaraf etilishi borasida kelishuvga erishilgan. PFL vaziyatni nazorat qilib boradi.

Shuningdek, “Qo‘qon-1912” jamoasini tark etgan Bahodir Pardayev va Igor Taran kabi futbolchilar bilan ham to‘liq hisob-kitob qilinmagan. Lekin “Qo‘qon-1912” klubi Pardayev va Taran bilan ham kelishib, 1 oktyabr kunigacha qarzlarni yopishga kafolat bergan. 

Bungacha qazdorliklari bartaraf etmagan klublarga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat berilavergan. Oqibatda muammo ustiga muammolar yig‘ilib, yakunda ba’zi jamoalar inqiroz yoqasigacha kelib qolgan. Ishlar PFLdan tashqari sud va boshqa organlarga, hatto, OFK va FIFA darajasigacha yetib borgan. Endi bunday muammolar o‘z vaqtida hal qilinishi shart. 2019 yilgi mavsumga hech bir klub qarzdorlik bilan o‘tmasligi PFL uchun muhim. Biz faqatgina shunda oldinga qadam bosishimiz mumkin. 2018 yilda esa tashkilotimiz ham, klublar ham asosan eski muammolarni hal qilish uchun ko‘p vaqt sarflayapti. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:29, 25.07.2018.
O'qildi: 3539 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.