"PSJ" klubi hujumchisi Neymar poker bo‘yicha High Roller BSOP São Paulo musobaqasi finaliga chiqdi, deya xabar beradi RMC Sport.
Braziliya terma jamoasi sardori JCH-2018dan so‘ng ta’til o‘tkazmoqda va boshqa 8 o‘yinchi bilan poker musobaqasining finaliga chiqdi. Musobaqada umumiy 288 kishi qatnashgan.
26 yoshli futbolchi anchadan buyon bu o‘yinning shaydosi, ammo u birinchi marta finalga chiqdi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 78 ming yevroni tashkil qiladi.