Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

O‘zbekistonda yangi musobaqa: Maqsad iqtidorlarni Olimpiya sport turlariga jalb qilish

O‘zbekistonda yangi musobaqa: Maqsad iqtidorlarni Olimpiya sport turlariga jalb qilish

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda Olimpiya va Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalardagi muvaffaqiyatlar salmog‘ini oshirish borasida harakatlar jadal ravishda olib borilmoqda.

Bu borada navbatdagi qadam tashlandi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida boks, dzyudo, taekvondo WTF va karate WKF sport turlari bo‘yicha saralash musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yuqorida qayd etilgan sport federasiyalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda sharq yakkakurashlarining turli yo‘nalishi bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimizni Olimpiya sport turlariga jalb qilish, ular uchun maxsus musobaqa o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Unga ko‘ra kikboksing, muaytay, qo‘l jangi, ushu bilan shug‘ullanayotgan sportchilarimiz o‘rtasida boks bo‘yicha turnir tashkil qilish taklif etildi. Kurash, sambo, belbog‘li kurash, jiu-jitsudan dzyudoga, taekvondoning an’anaviy, shuningdek, ITF va GTF yo‘nalishlari, o‘zbek jang san’ati, jun ri dodan taekvondo WTFga, fudokan karate-do, an’anaviy karate va shotokan karate-dodan esa karatening WKF yo‘nalishiga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

15-21 yoshli sportchilar ishtirokida tashkil qilinadigan musobaqa joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:01, 26.07.2018.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.