Meksika terma jamoasining sobiq murabbiyi Osorio AQSH termasini boshqarishi mumkin.
Xuan Karlos Osorio Meksika bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortib o‘z lavozimini tark etgandi.
Hozircha, kolumbiyalik mutaxassis xizmatiga 5-6 ta terma jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Osorio katta ehtimol bilan AQSH terma jamoasini qo‘l ostiga olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, JCH-2018da Meksika terma jamoasi Osorio qo‘l ostida Germaniyani mag‘lubiyatga uchratdi lekin, 1/8 finalda Braziliyaga yutqazib qo‘ydi.