Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Xolandning otasi «Real» haqidagi gaplari bilan ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi

Xolandning otasi «Real» haqidagi gaplari bilan ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi

Baho:
+ | -1

Yulduz hujumchi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o‘g‘lining kelajagi haqida fikr bildirdi. Katta Xoland har bir futbolchi «Real»da o‘ynashni orzu qilishi haqidagi gaplari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

«Erling «Manchester Siti»da juda baxtli, uning klub bilan uzoq muddatli shartnomasi bor. Biz yangi mavsumni kutmoqdamiz, ammo «Real»da o‘ynashni har qanday futbolchi xohlagan bo‘lardi. Futbolda nima sodir bo‘lishini hech qachon oldindan bila olmaysan», — deya katta Xolandning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri DAZN efiriga tayanib.

Bundan oldinroq Xolandning otasi o‘g‘li faoliyati davomida barcha top-ligalarda o‘z kuchini sinab ko‘rish istagi borligi haqida gapirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Erling Xolandning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:21, 06.07.2026.
O'qildi: 3089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик