Kirish Ro'yxatdan o'tish

“CAFA U-15 championship”. Bugun to‘rtinchi tur o‘yinlari o‘tkaziladi (video)

“CAFA U-15 championship”. Bugun to‘rtinchi tur o‘yinlari o‘tkaziladi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
Poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi musobaqasi — “CAFA U-15 championship” turniri davom etmoqda.     Ushbu musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Eronning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlari ishtirok etishyapti.    Bugun musobaqaning to‘rtinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Soat 18:00da "Milliy" stadionida Qirg‘iziston U-15 terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib borsa, xuddi shu vaqtda "Bunyodkor" klubiga qarashli akademiya  maydonida Afg‘oniston U-15 terma jamoasi Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.     Soat 21:00da esa "Milliy" stadionida Azamat Abduraimov shogirdlari eronlik tengdoshlariga qarshi maydonda saf tortishadi.   18:00 Qirg‘iziston U-15 - Tojikiston U-15 ("Milliy") 18:00 Afg‘oniston U-15 - Turkmaniston U-15 ("Bunyodkor" FK akademiyasi) 21:00 Eron U-15 - O‘zbekiston U-15 ("Milliy")    Uchta o‘yinda uchta g‘alabaga erishgan O‘zbekiston U-15 terma jamoasi  jadvalda peshqadamlik qilayotganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:47, 28.07.2018.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.