Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

G‘afur Rahimov: «O‘zbek ekanligimdan faxrlanib ketaman»

G‘afur Rahimov: «O‘zbek ekanligimdan faxrlanib ketaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Avvalroq, Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘afur Rahimov O‘zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Mehmonni O‘FA birinchi-vise prezidenti va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi. Ikki yirik sport tashkilotlari rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvda G‘afur Rahimov O‘zbekistonda sportga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirdi.

“Taklif uchun rahmat. Bilasiz, AIBA jahonda uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinda turuvchi sport federasiyasi hisoblanadi. Boks butun dunyoda yaxshigina rivojlanib ketgan. Havaskorlar o‘rtasida ham, professionallar o‘rtasida ham musobaqalar tashkil qilib kelinmoqda. Yangi musobaqalarga asos solyapmiz. Aralash yakkakurash bo‘yicha yangi yo‘nalishni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritmoqchimiz. Unda ikki nafardan erkak va ayol o‘rtasida bahs kechadi. Bu qiziqarli sport musobakasi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda sportga qiziqish doimo yuqori darajada bo‘lgan. O‘zbek zamini jahonga ko‘plab kuchli va yulduz sportchilarni taqdim etgan. So‘nggi ikki yilda esa sportga, yoshlar bilan ishlashga e’tibor juda oshdi. So‘nggi bir yilning o‘zida O‘zbekistonda sport sohasida, umuman jismoniy tarbiya ta’limi va Olimpiya harakatida inqilobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Albatta, bu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarning muhim bir yo‘nalishidir.

Men xizmat safarlari bilan ko‘p mamlakatlarda bo‘laman. U yerda meni o‘zbek ekanligimni bilishgach, O‘zbekistonda yuz berayotgan katta o‘zgarishlardan xursand ekanliklarini izhor kilib, mamlakatimiz rahbari tomonidan qisqa muddatlar ichida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlarni alohida e’tirof etishadi. Shunday paytlarda men o‘zbek ekanligimdan faxrlanib ketaman. Prezidentimiz har bir o‘zbekistonlik uchun namuna va ibrat timsolidir. Mamlakat rahbari sportga shunday e’tibor qaratyaptimi, uning ishonchini oqlab, yangi g‘alabalar, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish lozim”, dedi G‘ofur Rahimov.

Shuningdek, AIBA rahbari O‘zbekistonda boks rivoji uchun har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Ishontirib aytamanki, O‘zbekistonda boksning rivojlanishida AIBA har tomonlama yordam beradi. Bundan tashqari, o‘zbek boksi maktabi o‘z shonli tarixiga ega. Ustozlar an’anasini yosh avlod munosib davom ettirib, Tokio Olimpiadasida eng baland cho‘qqiga erishishlariga ishonchim komil. Ko‘rsatilgan ehtirom va hurmat uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga chuqur minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Hamkorligimiz muvaffaqiyatli va istiqbolli bo‘lishiga ishonchim komil”, degan AIBA Prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘afur Rahimov.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor va boshqa bir qator masalalar yuzasidan fikrlar ham almashdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘afur Rahimov O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan tovlamachilikda ayblanib qidiruvga berilgan edi. Keyinchalik IIV bu e’lonni o‘z saytidan olib tashlagan.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 13:55, 28.07.2018.
O'qildi: 4287 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик