Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted 1-1 Tottenhem
10/10 21:30 Barselona 3-0 Xetafe
10/10 23:45 Napoli 3-0 Frozinone
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

«Shohsupa sari yo‘l». Hasanboy Do‘smatov o‘z vaqtida kikbokschi bo‘lishi mumkin edi, ammo…

«Shohsupa sari yo‘l». Hasanboy Do‘smatov o‘z vaqtida kikbokschi bo‘lishi mumkin edi, ammo…

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasining «Shohsupa sari yo‘l» loyihasi davom etadi. Bugungi sonimizda Olimpiya o‘yinlari chempioni, 2016 yilgi jahonning eng yaxshi bokschisi Hasanboy Do‘smatov savollarimizga javob qaytaradi.

Avval kikboks, keyin esa boks

Avvaliga sportning kikboks turi bilan shug‘ullanardim. Olimpiya zaxiralari kollejida ham aynan ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni istagandim. Biroq, u yerda kikboks yo‘nalishi yo‘qligi sabab boksni tanlaganman. Shu tariqa, kollejda boks bo‘yicha tahsil ola boshladim.

Diyetolog tavsiyasiga ko‘ra ovqatlanadi

Ovqatlanish tartibi haqida gapiradigan bo‘lsam, kuniga uch mahal ovqatlanamiz. Terma jamoamizda diyetologlar ham bor. Taomlarni aynan ularning tavsiyasiga binoan iste’mol qilamiz.


Sevimli sportchisi – futbolchi

Sevimli sportchim «Barselona»ning argentinalik futbolchisi Lionel Messidir. Uning o‘yinlari, maydonda o‘zini tutishi menga juda yoqadi. Bokschilardan esa filippinlik afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Menni Pakyaoga havas qilaman.

Kutilmagan voqea

Hayotimdagi eng kutilmagan voqea sifatida Olimpiada chempioni bo‘lganimni ko‘rsatishim mumkin. To‘g‘risi, buni ko‘pchilik, shu o‘rinda o‘zim ham kutmagandim. Ammo bu sharafli vazifani uddalay oldim. Bundan judayam xursandman.

Intizom va mehnat

Chempionlikka erishish uchun birinchi navbatda intizom va albatta qattiq mehnat talab etiladi. Shuningdek, murabbiy ko‘rsatmalarini ham o‘z vaqtida va to‘liq bajarish lozim.


Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lmoqchi

Qit’adagi to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi ham oson kechmaydi. Chunki, u yerda barcha chempionni mag‘lub etishga harakat qiladi. Unga qarshi ringga ikki barobar kuch bilan chiqishadi. Chempion ularning barchasiga qarshi turib bera olishi lozim. Asosiy maqsadim Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lib, Vatanimiz bayrog‘ini yana bir bor jahon arenalarida yuqoriga ko‘tarishdir. Nasib qilsa, O‘zbekistonga chempion bo‘lib qaytamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:29, 30.07.2018.
O'qildi: 3036 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик